$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlat manfaatlariga 333 millarddan ortiq ziyon yetkazildi

Energy

AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev energetika tizimida qonun hujjatlari ijrosi va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari haqida ma’lumot berdi.

1832 ta ma’muriy ish

Joriy yilning birinchi choragida “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 2 629 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Shulardan 1832 tasiga ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Summa raqamlari qanday?

Unga ko‘ra, 111,4 mln. metr kub tabiiy gaz (167 mlrd. 100 mln. so‘m) va 111,2 mln. kilovatt-soat elektr energiyasidan (166 mlrd. 700 mln. so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 333 mlrd. 800 mln. so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

9 544 ta noqonuniy obyekt

Bundan tashqari elektr tarmoqlarining muhofaza zonalariga noqonuniy ravishda qurilgan 9 544 ta obyekt xatlovdan o‘tkazilib, 8 266 ta obyekt bo‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirilib, 1 530 ta obyektning hujjatlari sud organlariga taqdim etildi. Bundan 402 ta ob’yektga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Теги :
Жамият