$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qoraqalpog‘iston va xorazmliklar uchun "bayram sovg'asi"

tok

Navro‘z bayramida Qoraqalpog'iston va Xorazmda 7950 ta iste'molchi elektrsiz qoldi.

Falajlanish

Sovuq ob-havo, kuchli shamol va yogʻingarchiliklar boshlanishi bilan yurtimiz energiya tizimida turlicha “falajlanishlar” yuz berishi yildan-yilga oddiylashib, odatiylashib bormoqda. Kecha, 20-mart kuni soat 22:30 da Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kuchli yomg‘ir va qattiq shamol sabab minglab xonadonlar elektr ta’minotisiz qolgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Uzilish hududlar kesimida

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6-10 kVli 5 ta, Xorazm viloyatida esa 9 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning oqibatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 200 ta, Xorazm viloyatining Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch hamda Xonqa tumanlarida istiqomat qiluvchi 6 ming 750 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

Vazirlik axboroti

“Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (qattiq shamol va kuchli yomg‘ir) sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida. Ma'lumot uchun, bundan bir oy avval ham Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlarida 35 mingta, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlarida 15 mingta, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 700 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilib qolgandi.