$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ob-havo energiya tizimini falajlashni boshladi

lampochka

Sovuq ob-havo va yogʻingarchiliklar boshlanishi bilan yurtimiz energiya tizimida turlicha “falajlanishlar” yuz berishi, afsuski, yildan-yilga odatiylashib bormoqda. Respublikaning Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida 50 mingdan ortiq iste’molchi bugungi sovuq havoda sharoitida elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

Voha ahli zulmatda

Ma'lum bo'lishicha, Respublikaning Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida 50 mingdan ortiq iste’molchi bugungi sovuq havoda sharoitida elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Bunga ushbu hududlarda kuzatilgan kuchli shamol sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Viloyat va tumanlar kesimidagi uzilishlar

Aniq ma'lumotlarga ko'ra, Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlarida 35 mingta, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlarida 15 mingta, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 700 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilib qolgan. 

Maxsus brigadalar xizmatda

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vazirlik ma'lumotida yana nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanishi ma'lum qilingan.

Ma’lumot uchun, biroz avval Energetika vazirligining Respublikaning barcha hududlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilayotganini ma'lum qilganligi haqidagi xabar bergan edik.