$
 12829.07
-15.14
 13344.80
-163.46
 124.91
-2.44
weather
+26
Кечаси   +14°

O'nglanmaydigan tizim: navbat elektr energiyasiga

CHo

O‘zbekistonda metan "zapravkalar" faoliyati cheklovidan so'ng elektr energiyasida ham tanqislik tufayli cheklov joriy etildi. Aniqlanishicha, Turkmanistondan import qilingan elektr energiyasi ham tanqislikni qoplay olmagan. Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev tizimdagi muammolarni ma’lum qildi.

Vazirlik mulozimi ma'lumotlari

O‘zbekistonda 18-fevral kuni elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha defitsit 6,4 mln kVt·soatni tashkil etgan, shu sababdan mamlakat bo‘ylab kunning tig‘iz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilgani ma'lum bo'ldi. Mulozimga ko‘ra, yakshanba kuni barcha elektr stansiyalarda jami 231,4 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan, buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna ko‘mir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqilgan.

Turkmanistondan elektr energiyasi import qilingan

Bundan tashqari, Turkmanistondan 21,6 million kVt/soat elektr energiyasi import qilingan, biroq bu ham elektr energiyasidagi tanqislikni qoplashga yetgan emas. Shu sababli vazirlik cheklov kiritishga majbur bo‘lgan. Kecha Respublika iste’molchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. 

Energiya "qurbonlari"

Ma'lumot uchun, bir sutka avval kecha Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi 700 ta iste’molchi, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlaridagi 15 mingta iste’molchi, Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Tayloq va Payariq tumanlaridagi jami 35 mingta iste’molchi, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 1 ming 150 ta iste’molchi, Toshkent shahrining Shayxontohur, Yashnobod, Sergeli va Yangi hayot tumanlaridagi 1 ming 240 ta iste’molchi, Andijon viloyatining Andijon tumanidagi 980 ta iste’molchi kunning turli vaqtlari davomida elektr ta’minotidan uzilgani haqida xabar bergan edik.