$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

YTTB “yashil” energiya uchun Xorazmga 54 million dollardan ziyod mablag‘ ajratdi

quyosh paneli

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish uchun $54,4 mln. miqdorida kredit ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Asosiy mablag‘ Fransiya kompaniyasiga yo‘naltirilmoqda

Unga ko‘ra, mablag‘lar Fransiyaning Voltalia energetika kompaniyasining sho‘ba korxonasi Sarimay Solar kompaniyasiga taqdim etiladi. Asosiy kredit $44,8 mln.ni tashkil etadi va kompaniya joriy qurilish ishlarini to‘lash uchun maxsus kredit ko‘rinishida yana taxminan $9,8 mln. pul o‘tkazadi. Kredit kafolati Yevropa Ittifoqining Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yevropa jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

Maydan boshlangan ish

Bank mutaxassislari kredit O‘zbekistonga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga va 2030-yilga borib yashil elektr stansiyalarining umumiy quvvatini 25 GVtgacha kamaytirishga yordam berishiga umid qilmoqda.

Voltalia kompaniyasi Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurishni 2024-yilning may oyida boshlagan. Uning quvvati 126 MVtni tashkil qiladi. Stansiya hududdagi energiya iste’molining 11 foizini ta’minlashi va yiliga 116 ming tonna issiqxona gazlari chiqindilarining oldini olishi kutilmoqda.

Yil boshidan beri ishlab chiqarilgan “yashil” energiya

Aytish joizki, oktyabr oyining 20-sanasidagi hisob-kitobiga ko‘ra, Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd. kVt⋅soatni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda mamlakatimizning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,7GVt boʻlgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Ushbu “yashil” elektr stansiyalar tomonidan 2024-yil 31-may soat 15:00 ga qadar 1 mlrd. kVt·soat miqdorida, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,6 mlrd. kVt⋅soat miqdorida, 2024-yil 17-iyul soat 18:20 holatiga 2 mlrd. kVt⋅soat va 2024-yil 30-avgust holatiga ko‘ra esa 3 mlrd. kVt⋅soat miqdorida elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.

Теги :
Iqtisodiyot