$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektr ta’minotidagi cheklovlar respublikaning barcha huhdudlarida olib tashlandi

Энергетика Energetika

O‘zbekistonda hududlariga elektr energiyasi yetkazib berishda 8-martdan buyon hech qanday cheklovlar qo‘llanilmayapti — Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Vazirli axboroti

Energetika vazirligi axborot ximati rahbarining ma'lum qilishicha, tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytgani sabab elektr energiyasi yetkazib berishda 17-fevraldan buyon amalga kiritib kelingan cheklovlar bekor qilingan. 10-mart kuni elektr stansiyalar orqali 238,9 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Qayd etilishicha, bu rejadagiga nisbatan 4 foizga ko‘p bo‘lib, buning uchun issiqlik stansiyalarida 48,2 million kubometr tabiiy gaz, 16,8 ming tonna ko‘mir hamda 4 ming tonna mazut yoqilgan. Turkmanistondan esa yana 15,6 million kilovatt /soat elektr energiyasi import qilingan. Iste’molchilarga rejaga nisbatan 8 foiz ko‘p elektr energiyasi, 9 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilgan.

O‘tgan kun hisoboti

10-mart kuni 1 325 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari orqali jami 13,41 mln kubometr tabiiy gaz sotilib, bu miqdor 7-mart kuni 14,91 mln kubometrni, 8-mart kuni 15,12 million kubometrni, 9-mart kuni esa 15 million 614 ming kubometrni tashkil qilgan. Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali jami 270 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazlgan, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” tomonidan barcha AYQSHlarga 661 tonna avtobenzin yetkazib berilgan. 

Ma'lumot uchun,18-fevraldan gaz zapravkalar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi. 22-fevraldan bu cheklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelishilib, reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olina boshlangan. Undan so'ng esa 7-martdan ularning faoliyati to‘liq tiklangan.