Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +10°

Poraxo‘rlikka qarshi yig‘ilishda poraxo‘rlar fosh bo‘ldi

Samarqandda energetika sohasidagi korrupsiya bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish kutilmaganda bir nechta xodimning qo‘lga olinishi bilan yakunlandi. 7 nafar energetika xodimi poraxo‘rlikda ayblanib, yig‘ilish zalidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qamoqqa jo‘natildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Poraxo‘rlikka qarshi yig‘ilishda poraxo‘rlar fosh bo‘ldi

Samarqand viloyatida energetika sohasidagi korrupsiya bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish kutilmaganda bir nechta xodimning qo‘lga olinishi bilan yakunlandi. Yetti nafar energetika xodimi poraxo‘rlik va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblanib, yig‘ilish zalidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ketildi.

Kutilmagan burilish

14-fevral kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” xodimlarining noqonuniy faoliyati fosh etilgani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tuman sudi 15-fevral kuni “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasining to‘rt xodimi bo‘yicha qamoqqa olish qarorini chiqardi.

Hibsga olinganlar kim?

OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan energetika tizimi xodimlari, xususan, huquqshunos O.Q. – tarmoqqa noqonuniy ulangan fuqaroning ishi bo‘yicha “ijobiy qaror” chiqarib berish uchun 2,7 million so‘m pora olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. Inspektor Yu.N., nazoratchi S.N. va muhandis Z.Z. – fuqaroga nisbatan tuzilgan elektr ta’minotidan noqonuniy foydalanish dalolatnomasini yo‘q qilish evaziga 7 million so‘m va 200 AQSh dollari olayotganida ushlangan.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu shaxslar noqonuniy ulanishlar va elektr hamda gaz ta’minoti tizimidagi korrupsion sxemalarni amalga oshirishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.Ular noqonuniy ulanishlar va ta’minot tizimidagi korrupsion sxemalarni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.