$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Davlatning xalqqa ijtimoiy adolati tiklanmoqda

Энергетика Energetika

O‘zbekistonda "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining iste’molchilar bilan elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha tuzadigan namunaviy shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Ma’lum bo'lishicha, ular aholi va tadbirkorlarga elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar oqibatida ko‘rgan zarari uchun sud orqali kompensatsiya undirish imkonini beradi.

O'zgarish va reajalar

Shartnomaning 4.1 bandiga davlat standartlariga mos ravishda elektr energiyasini olmagan yoki avariyaviy uzilishlar natijasida elektr qurilmalariga zarar yetgan iste’molchilarga mazkur zarar qoplab berilishi bo‘yicha huquqlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur bandda iste’molchilarning huquqlari aks ettirilgan bo‘lib, unga 3 ta yangi band kiritilishi rejalashtirilgan.

Bandlar mazmuni

Ko'zda tutilayotgan bandlar quyidagicha izohlanishi kutilmoqda: 

Sifat ko‘rsatkichi davlat standartlariga GOST (32144−2013 va GOST 13109−97) muvofiq o‘rnatilgan tartibda elektr energiya olish;

Elektr energiyasi to‘liq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi (aybdor tashkilot) tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;

Elektr energiyasi sababsiz yetkazib berilishi to‘xtatilganda yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish.

Korxona mulozimi bayonoti

"Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati mulozimi aniqlik kiritishicha, amaldagi shartnomalar yangilanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunga yangi tariflar e’lon qilingani, 1000 kVtdan ziyod elektr energiyasi sarflagan aholi uchun 2−4 baravar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanishi bo‘yicha o‘zgarish tufayli shundoq ham ehtiyoj mavjud. Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qaroriga asosan Elektr ta’minotining namunaviy shartnomasi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishlab chiqiladi, "O‘zenergoinspeksiya", O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishiladi va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ayni vaqtda namunaviy shartnoma elektr ta’minot korxonalariga yuborilgani aytilmoqda.

Shu vaqtga qadar aholi vaqtida to'lanmagan kreditlari uchun ma'lum miqdordagi o'suvchi foizga ega kompensatsiya to'lgan. Ammo oldindan to'lo'v qilib qo'yilgan bo'lsa-da, o'z vaqtida va yetarli energiya bilan ta'minlanmagan.