$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Paxtakor” Elit OChda hozirgacha qancha daromad ishlab topdi?

“Paxtakor”

Kuni kecha Toshkentning “Paxtakor” klubi OFK Elit Chempionlar Ligasi so‘nggi tur o‘yinida Qatar chempioni “As Sadd”ni qabul qilib, turnirdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va pley-off bosqichiga yo‘l oldi. “Sherlar” bu orqali o‘z tarixida ilk bor “As Sadd”ni mag‘lub etishni ham uddaladi. 

So‘nggi tur matematikasi

Jamoaning keyingi bosqichga chiqish-chiqmasligi boshqa o‘yinlarga bog‘liq edi va o‘sha bahslarda “sherlar”ni qoniqtiradigan natijalar qayd etildi. Aniqrog‘i, muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan Saudiya grandlari oxirgi o‘yinda yutqazishmadi va bu “Paxtakor”ning 1/8 finalga chiqishini rasman hal qildi. “An Nasr” “Persepolis” (0:0) bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, “Al Ahli” esa “Al G‘arafa”dan (4:2) ustun keldi. Natijada 8 o‘yinda 7 ochko to‘plagan “Paxtakor” kamida 8-o‘rindan (12 jamoadan 8 tasi chiqadi) pastga tushmaydigan bo‘ldi va Elit OCHL pley-offida o‘ynaydigan ilk o‘zbek klubiga aylandi. Nimchorakfinaldagi raqib — “Al Hilol” yoki “Al Ahli” bo‘ladi.

Pley-off masalasini hal qilgan jamoalar

Hozirda G‘arb mintaqasida 7 yo‘llanma egasi aniq — “Al Ahli”, “Al Hilol”, “An Nasr” (uchalasi — Saudiya Arabistoni), “As Sadd”, “Ar Rayyan” (ikkalasi — Qatar), “Al Vasl” (BAA) va “Paxtakor” (O‘zbekiston). So‘nggi 8-ishtirokchi Eron klubi bo‘ladi. Agar 18 fevral kuni Jaloliddin Masharipov o‘ynaydigan “Istiqlol” “Ar Rayyan”ga yutqazmasa, keyingi bosqichga chiqadi. Agar “Istiqlol” mag‘lub bo‘lsa, Oston O‘runov harakat qiladigan “Persepolis” pley-offda o‘ynaydi.

“Paxtakor” musobaqadan qancha daromad qilishi mumkin

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi reglamentiga ko‘ra, guruh bosqichidagi ishtirok uchun 800 000, har bir g‘alabaga 100 000 dollar, 1/8 final yo‘llanmasi uchun esa 200 000 dollar beriladi. Shunday qilib, turnirda bir g‘alaba bilan nimchorakfinalga chiqqan “sherlar” 1 100 000 dollar ishlab topishdi. Mukofot summalari quyidagi ko‘rinishda hisoblanadi: guruh bosqichidagi ishtirok uchun — 800 000, “As Sadd” (2:1) ustidan g‘alabaga — 100 000 hamda 1/8 final bosqichi uchun — 200 000. Jamoa keyingi bosqichdagi natijalariga qarab o‘z summalarini oshirib borishi mumkin. Reglamentga muvofiq chorakfinal yo‘llanmasiga — 400 000 dollar, yarimfinalga — 600 000 dollar, finalchiga — 4 mln. dollar, g‘olibga esa 10 mln. dollar beriladi.

Теги :
Jamiyat