$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonliklar elektromobillarni tanlayaptimi?

BYD

Atrofdagi kunlik monopoliya haqidagi gap-so'zlar, UzAUTO Motorsning mashinalari narxlarini yana oshirayotgani haqidagi tanqidlar ketayotgan bir paytda, mamlakatimizda chet el brendlari ostida ishlab chiqarilgan va elektomobillarga bo'lgan qiziqish ortganligi haqida ma'lumot berildi. 

O‘zbekistondagi avtomobil bozori 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari fevral oyida O‘zbekistondagi avtomobil bozori qanday o‘zgarganini tahlil qilishdi. Unga ko'ra fevral oyida avtomobil sotib olish dinamikasi kamaygan, lekin chet el brendiga tegishli bo'lgan yengil avtomashinalarning sotuv hajmi 8,4 foizga ko'tarilgan. Elektromobillar sotuvi ham bir yilda uch barobarga ortganligi keltirilgan. 

Sotilayotgan avtomobillar raqamlarda

Umuman olganda mamlakatdagi avtomobillar sotilish soni 2021-yildan beri qariyb 2,3 martaga ortgan. 2021-yanvarda sotilgan yengil avtomobillar soni 40 mingtadan biroz ko'p bo'lsa, 2022-yil boshiga kelib bu ko'rsatkich 2,5 martaga ortgan va salkam 120 mingtaga yetgan. Bu raqamlar 2023-yilga borib unchalik o'zgarmagan, lekin 2023-yildan shu yil fevral oyiga qadar 5,6 foizga sotuv pasayganini kuzatishimiz mumkin. "Fevral oyi yakuniga ko'ra O'zbekistonda barcha transport vositalarining umumiy savdosi 115 mingdan oshdi, avtomobil bozori yil davomida 6,3% ga kamaydi" - deb xabar beriladi manbaada. 

Xorij brendi va elektromobillar 

Yil davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori 15,6%ga o‘sgan va fevral oyi oxiriga kelib, yangi yengil avtomobillar savdosi 2,7 mingtani tashkil etgan. Shu bilan birga elektromobillar savdosiga aholi orasida yil boshida qiziqish kamaygan bo'lsada, yil davomida savdo ko'rsatkichlari uch barobarga ortgan.

Birlamchi avtomobil bozoridagi holat

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyat esa bir oy davomida sotuvlarning sezilarli kamayganini ko'rsatgan. Bu 26 mingdan sal ko'proq degani. O'tgan yilgiga nisbatan birlamchi avtomobillar bozor 8,4% ga o'sgan. Mamlakatimizda oy davomida ishlab chiqarilgan mashinalardan esa 23,5 mingta sotilgan va bu avvalgi yilning fevral oyiga nisbatan 7,7% ga ko'p. Yaqindagina UzAUTO Motors bir nechta avtomobillari narxlarining yangilangan va qimmatlashgan narxdagi ro'yxati tarqalgan edi. Bunga javoban esa kompaniya avtomobillarga bo'lgan yangi talablar chakana sotuvdagi yangicha yondoshuvlarni talab qilishini bildirgandi. Mahalliy avtomobil narxlarining oshishi va tig'iz navbat sabab elektromobillarga bo'lgan talabning ortishi jamoatchilik tomonidan tabiiy jarayon sifatida qaralmoqda.