$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

UzAuto Motors avtomobillari narxini yana oshirdi

Монополияга қарши курашиш қўмитаси “UzAutoMotors”га судда ютқазди

Tarmoqlarda UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxlarini oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berdi. Narx-navo qanday bo'ladi?

Tarmoqlardagi xabarlar

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo avtomobillarining narxlarini oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko'ra, rasmiy saytdan olingan deya tarqalayotgan suratlardagi ma’lumotlarda Cobalt 10 mln so‘mga, Gentra esa 20 mln so‘mdan qimmatlaganini ko‘rish mumkin. Yana suratlardan ma'lumki:

96 mln so‘mlik Damas narxi 100 mln so‘m;

146 mln so‘mlik Cobalt 156 mln so‘m;

169 mln so‘mlik Gentra esa 189 mln so‘m bo‘lgan.

Birozdan so'ng kompaniya tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy bayonat berdi.

Kompaniya bayonoti

Kompaniya axborotida ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston avtomobil bozorida taklifning ortib borishi avtomobillarning chakana sotuvida yangi yondashuvlarni talab qiladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha olib borilgan uzluksiz ishlar xaridorlarga “vositachilarni” chetlab o‘tib, avtomobillarning mavjudligini oshirishga imkon berdi. Buning natijasida, ikkilamchi bozorda avtomobil narxlari keskin pasaygan. Kompaniya bozorda talab ortib borayotganiga hisobga olgan holda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha ravishda oshirish masalasini ishlab chiqgan. Bundan tashqari, oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan to'lov 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bir qismini chiqarishga olib kelgan, bu esa kompaniyaga qo‘shimcha avtomobillarni taklif qilish imkonini beradi. Ma'lum qilinishicha, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun shartnomalar ochilish sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimi

Shuningdek, kontraktatsiya uchun ochiladigan qo‘shimcha hajm 2024-yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilishi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5-6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda qayta ko‘rib chiqilishi aytilgan. Bundan tashqari, UzAuto Motors rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq avtomobillar sotuv tizimini bosqichma-bosqich joriy etmoqda. Ushbu tizimga ko‘ra, dilerliklarga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga, dilerliklarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat belgilanadi.

Hamkorlikning yangi tizimi

Kompaniyaning ta'kidlashicha, ushbu yondashuv nafaqat dilerlik markazlari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi, balki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Dilerlik markazlari xizmat ko‘rsatish sifati va innovatsion xizmatlarni yaxshilash orqali qo‘shimcha opsiyalar va aksessuarlarni taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. UzAuto Motors’ning dilerliklar bilan o‘zaro hamkorlikning yangi tizimiga o‘tishi yanada samarali va innovatsion savdo usullarini taqdim etishga qaratilgan qadamdir. Onlayn-kontraktatsiya va savdo-sotuv tizimi iste’molchilar, dilerliklar va kompaniyaning o‘zi uchun yanada ixcham va qulay modelni taqdim etadi, bu esa avtomobil sanoatida transparentlikka va rivojlanishga turtki beradi.

Bundan avvalgi ma'lumotlar

Avvalroq UzAutoMotors 2023-yilda ishlab chiqargan yengil avtomobillarning 118 093 donasi Cobalt hissasiga to‘g‘ri kelgani va bu boshqa rusumlar ichida eng ko‘p miqdor ekanini xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2023-yil 25 – 27-dekabr kunlari Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 171 ming 200 dan ortiq onlayn shartnomalar tuzdi. Mazkur avtomobillar 2024-yilda ishlab chiqarilishi va mijozlarga yetkazilishi rejalashtirilgan. Qoshimcha ma'lumot sifatida, 2023-yilning oktyabr oyida UzAuto Motors o‘z modellari narxini o‘rtacha 5,1 foizga oshirgandi, keyin esa dekabr oyida yana bir narx oshishi kuzatilgan. Shuningdek, kompaniya 2024-yil yanvaridan boshlab UzAuto Gentra/Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatgandi.