$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoyning qaysi elektromobili eng ishonchli?

Elektromobil

LandRoads kompaniyasi Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi energiya bilan harakatlanuvchi avtomobillar (NEV) sifati bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Eng kam muammoli avtomobil Mercedes-Benz ekani ma’lum bo‘ldi. BYD va Zeekr rusumlarining ishonchliligi esa o‘rtachadan yuqori darajada ekanligi aniqlandi.

67 ta brend o‘rtasida so‘rov

Kompaniya Xitoydagi 67 ta NEV brendining 7,8 mingdan ortiq egalari orasida so‘rov o‘tkazdi va iste’molchilarning avtomobillari bilan bog‘liq muammolar soni va jiddiyligini aks ettiruvchi mahsulot sifati xavfi indeksini tuzdi. Indeks qanchalik past bo‘lsa, ishonchlilik shunchalik yuqori bo‘ladi.

Eng kam muammoli avtomobil – Mercedes-Benz

Mercedes-Benz eng past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi – 33. Ikkinchi o‘rinda 79 ball bilan Xiaomi SU7. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni BMW va Arcfox egallagan. Sifat xavf indekslari mos ravishda 80 va 93. Ushbu to‘rtta brend sifat xavfi indeksi 100 dan past bo‘lgan yagona brenddir.

BYD va Zeekr

Barcha brendlar bo‘yicha o‘rtacha 186 ballni tashkil etdi. Bu “chiziq”dan pastroqda O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan BYD va Zeekr mos ravishda 151 va 175 ball, undan yuqoriroqda Wuling (204), Dipal (205) va Chery (241) joy olgan.

Luxeed, Dongfeng va Fangchengbao mos ravishda 429, 447 va 453 ball olgan eng ishonchsiz deb topildi.

2024-yil eng ko‘p foyda ko‘rgan Xitoy kompaniyasi qaysi?

Xitoyning yengil avtomobillar bozori bo‘yicha 2024-yil uchun e’lon qilingan daromadlar reytingida BYD kompaniyasi eng yuqori daromadga ega brend sifatida yetakchilik qildi. Mercedes-Benz va Volkswagen kompaniyalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

BYD

BYD kompaniyasining 2024-yilda Xitoy bozoridagi savdo hajmi 3,49 mln. avtomobilni tashkil etib, 420,7 mlrd. yuan (taxminan $58,1 mlrd.) daromad keltirdi. Kompaniyaning har bir avtomobili uchun o‘rtacha tranzaksiya narxi 121 ming yuan ($16,7 ming) bo‘ldi.

Mercedes-Benz

Mercedes-Benz kompaniyasi yil davomida 710 ming avtomobil sotgan bo‘lsa-da, ularning o‘rtacha narxi 431 ming yuan ($50,5 ming)ni tashkil etdi. Natijada kompaniya 307,9 mlrd. yuan ($42,5 mlrd.) daromad bilan ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa joylashdi.

Volkswagen

Volkswagen yil davomida Mercedes-Benzga nisbatan uch baravar ko‘p avtomobil sotgan bo‘lsa-da, har bir avtomobil uchun tranzaksiya narxi pastroq bo‘lgani sababli daromad bo‘yicha uchinchi o‘rinda qoldi ($41,9 mlrd.).

O‘zbekistonga elektromobil importi

Ma’lumot uchun, 2024-yil davomida O‘zbekistonga qiymati 224,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil olib kirildi.

Eng ko‘p elektromobillar quyidagi davlatlardan import qilingan:

·       Xitoy — 23 982 ta

·       Qozog‘iston — 51 ta

·       Gonkong — 17 ta

·       Germaniya — 15 ta

·       BAA — 13 ta

·       AQSh — 10 ta.

2023-yilda yanvar-oktabr oylarida 22 490 ta elektromobil import qilingandi. 2022-yilda 2180 dona, 2021-yilda esa 809 dona elektromobil olib kelingan.

Elektromobil uchun yig‘imni oshirish

Hukumat 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imini oshirishni tasdiqladi. U mashina ishlab chiqarilgan yilga qarab 45 mln. dan 78,5 mln. so‘mgacha bo‘ladi. Maqsad — akkumulyator batereyalarini utilizatsiya qilish uchun infratuzilma tashkil etishni moliyalashtirish. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz qo‘llanadi.

Теги :
Jamiyat