Nega elektr uzilishlar yuz beradi?
3-mart kunida mamlakatimizning ko‘plab hududlarida elektr uzilishlar ro‘y berib, elektrga 960 MVtgacha cheklovlar kiritildi. Shu paytda savol tug‘iladi, zamonaviy dunyoda nega hali ham elektr uzilishlar yuz beradi, buni oldini olishning hech bir iloji yo‘qmi?
2 daqiqa o‘qiladi

3-mart kunida mamlakatimizning ko‘plab hududlarida elektr uzilishlar ro‘y berib, elektrga 960 MVtgacha cheklovlar kiritildi. Shu paytda savol tug‘iladi, zamonaviy dunyoda nega hali ham elektr uzilishlar yuz beradi, buni oldini olishning hech bir iloji yo‘qmi?
Elektr – ko‘rinmas “do‘st”!
Elektr toki biz borligida umuman qadriga yetmaydigan “do‘stimiz” hisoblanadi. Faqat to‘satdan uning o‘chishi bizni u haqida o‘ylashga majbur qiladi, buni oqibatida butun hayot to‘xtab qolishi mumkin, ovqat pishirishdan isitishgacha hatto tundagi ko‘rish ham shunga bog‘liq. Nega biz bu do‘stimizdan tez-tez “ajralib” turamiz?
Elektr uzilishlariga nima sabab bo‘ladi?
Elektr uzilishiga sabablar juda ko‘p, ammo bu hodisa asosan uchta eng keng tarqalgan sababni deb sodir bo‘ladi: tabiat hodisalari, inson omili hamda haddan tashqari yuqori bosim. Umuman olganda “stolba” lardagi ba’zi kichik muammolardan tortib, butun elektrostansiyaning ishdan chiqishigacha bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga noqulay ob-havoni, inson va turli hayvonlarning e’tiborsizligini, uskunaning eskirishi kabi sabablarni sanashimiz ha mumkin. Yana bir mantiqiy sabab, bu texnik ishlar hisoblanadi, albatta bunday vaziyatda oldindan xabar berib ham qo‘yiladi.
Elektr uzilishlari qanchagacha davom etadi?
Aksariyat hollarda bu uzoq vaqtni olmaydi, bir necha soniya yoki daqiqa uni tuzatishga kifoya qiladi, ammo bir haftagacha davom etgan “keyslar” ham mavjud. Bunday muammolar odatda chaqmoq yoki kuchli shamol bo‘ronlari tufayli vujudga keladi. Albatta bunday uzilishlar ancha ko‘p odamni “zulmat” da qoldiradi, masalan, 2003-yilda AQSHda 50 milliondan ortiq odam bir vaqtda elektrsiz qolib ketgan.
Tabiat hodisalari – elektr uzilishining eng katta sababchilari
Ushbu kabi hodisalar eng ko‘p kuchli shamol bo‘roni, jala quyganda yoki muzli yomg‘ir yog‘ganda yoki umuman atrofni qor va muz qoplagan mahalda eng ko‘p yuz beradi. Bunday paytlarda avtomatlarni o‘chirib-yoqish yoki ta’mirlash deyarli ilojsizdir. Shuning uchun bunday noqulay ob-havoda ularni tuzatish juda qiyin bo‘ladi, agarda qishlog‘ingizda yomg‘ir yog‘ayotganda ustadan uzilgan simni to‘g‘rilashni so‘rashdan oldin bu haqida batafsil oylab ko‘ring.



