Yanvar oyida 18 milliard so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
Maʼlum qilinishicha, bu 10 mln. 051 ming 619 kVt soat elektr energiyasi degani.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar oyida qiymati 17 mlrd. 411,3 mln. so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Bu qancha energiya degani?
Maʼlum qilinishicha, bu 10 mln. 051 ming 619 kVt soat elektr energiyasi degani.
Qayd etilishicha, to‘plangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob qilinib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Ayrim holatlar
5-yanvar kuni Qashqadaryoning ikki hududida qariyb 700 mln. so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgandi. 12-yanvar kuni esa Namangandagi sutni qayta ishlash sexida 2,1 mlrd. so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aytilgandi.
13-yanvarda esa Namangan va Andijonda qariyb 3 mlrd. so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi. 16-yanvarda Jizzax viloyatining Yangiobod, Toshkent viloyatining Zangiota, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Toshkent shahrining Uchtepa tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan edi.



