$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Dam olish kunlarida 90 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalarda grafik asosidagi navbatchilik soatlari amalga oshirilmoqda

elektr

AOKAda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasi muhandisi Mahfuza Suvonova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Dam olish kunlarida magistral elektr tarmoqlarida favqulodda holatlar va avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lmagan

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining 2024-yil 26-dekabrdagi 373-sonli buyrug‘iga asosan Yangi yil bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan uzunligi 12 500 kilometr bo‘lgan 110-220-500 kilovoltli elektr uzatish havo tarmoqlari hamda umumiy quvvati 30 000 megavolt-amper bo‘lgan 90 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalarda belgilangan grafik asosidagi navbatchilik soatlari muvaffaqqiyatli amalga oshirildi.

Dam olish kunlari magistral elektr tarmoqlarida favqulodda holatlar va avariyaviy o‘chishlar sodir bo‘lmadi. Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tuzilgan, 629 nafar xodimdan iborat bo‘lgan 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda elektr uzatish tarmoqlarida nosozliklar kuzatilmadi.

Kuchli elektr tarmoqlarini ko‘rikdan o‘tkazish davom etmoqda

Ayni kunlarda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 24 soatlik ish rejimidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Navbatchi brigadalar ixtiyorida 139 ta maxsus avtotransport vositasi, zaruriy ehtiyot qismlar, shu bilan birga, aloqa hamda himoya vositalari mavjud.

Shuning bilan birga, joriy haftada ham 110-220-500 kilovolt kuchlanishli elektr tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda. Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Jumladan, mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda sozligini tekshirilib, metall konstruksiyali tayanch ustunlarining ostini mustahkamlash ishlarini davom ettirilmoqda. Tarmoqlarning shikastlangan elementlari almashtirilmoqda.

Shuningdek, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqa qarshi trosslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.