$
 12718.08
23.08
 13710.09
61.7
 137.82
-0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

"El Klasiko": Dunyoni ikkiga bo‘luvchi oqshom

Al Mumtoz

Bugun Ispaniya La Ligasining 32-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Unda joriy mavsumning so‘nggi "el-klasiko"si guvohiga aylanamiz. Ushbu o‘yinda Madridning "Real"i o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan. Muxlislar bahsni "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Uni Davron Fayziyev hamda Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Ayni vaqtda "poytaxtliklar" 78 ochko bilan La Liga peshqadami bo‘lib turibdi. "Ko‘k-anorranglilar" esa 70 ochko bilan 2-pog‘onadan o‘rin olgan. O‘yinga qiziqish an’anaviy ravishda yuqori - ehtimol o‘tmishdagidan ham yuqori, chunki La Liga hisob-kitoblar olib bordi va dunyo bo‘ylab kutilayotgan televizion auditoriya 650 million tomoshabindan oshib ketishini aniqladi. Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi avvalroq "El klassiko"da ishlaydigan referi nomini e’lon qilgandi. Ushbu bahsni Soto Grado boshqaradi. Bu Grado uchun dastlabki "El Klassiko" hisoblanadi. Referi bungacha "Real"ning 15 ta, "Barselona"ning esa 7 ta bahsida ishtirok etgan. Bu uchrashuvlarning 9 tasida "Qirollik klubi"ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 7 ta o‘yindan 2 tasida Kataloniya klubi zafar quchgan. 

Kengaytirilgan tarkiblar

Kecha ikki jamoaning ham "El klasiko" uchun kengaytirilgan tarkibi ma’lum bo‘ldi. 

 "Real Madrid"

Karlo Anchelotti ertangi o‘yin uchun qaydnomaga 22 nafar futbolchini kiritdi.

Darvozabonlar: Andrey Lunin, Kepa Arrisabalaga, Mario de Lui

Himoyachilar: Dani karvaxal, Eder Militao, Nacho Fernandes, Lukas Vaskes, Fran Garsiya, Antonio Ryudiger, Ferlan Mendi

Yarim himoyachilar: Jud Bellingem, Toni Kroos, Luka Modrich, Eduardu Kamavinga, Federiko Valverde, Orelen Tchuameni, Dani Sebalos, Arda Gyuler

Hujumlar: Vinisius Junior, Rodrigo, Xoselu, Brahim Dias

"Barselona"

"Real Madrid": yangiliklar va jamoaning o‘yingacha bo‘lgan holati

"Real" 78 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 31-turdan keyin peshqadamlik qilmoqda. Madridliklarning La Ligadagi to‘plar nisbati — 67-20. Karlo Anchelotti jamoasi hozir Yevropadagi eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Shaharliklar bu mavsum La Ligada eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa. Bungacha "Qirollik klubi" o‘z tarixida faqat bir marta - 1987/88 yilgi mavsumda La Ligada 31 turda atigi 20 ta gol o‘tkazib yuborgan. "Real" 13-aprel kuni "El Klasiko" oldidan La Ligadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Ispaniya chempionatining 31-turida Anchelotti shogirdlari “Malyorka”ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. 9-aprel kuni Chempionlar ligasi 1/4 finalining ilk o‘yinida “Real” “Manchester Siti” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi. O‘yin Madridda bo‘lib o‘tdi. 17-aprel kuni ular javob o‘yini doirasida Manchesterda to‘qnash kelishdi, Anchelotti shogirdlari penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi – 1:1, 4:3. "Real Madrid" La Liganing joriy mavsumida bor-yo‘g‘i bitta mag‘lubiyatga uchradi - 2023-yil 24-sentyabr kuni 6-turda "Atletiko Madrid"dan (1:3). "Qirollik klubi" ketma-ket 15 uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lmayapti: klub hisobida 10 g‘alaba va 5 durrang bor. Ushbu "serial" 21-yanvardan beri davom etmoqda. "Real Madrid"ning jarohatlanganlar ro‘yxatida darvozabon Tibo Kurtua va himoyachi David Alaba mavjud. 

"Barselona": yangiliklar va jamoaning o‘yingacha bo‘lgan holati

"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Xavi jamoasining La Ligada urgan va o‘tkazib yuborgan gollari o‘rtasidagi farq — 62-34. "El-klasiko" oldidan La Ligadagi so‘nggi o‘yinida, 13-aprel kuni, 31-turda "Barselona" "Kadis"ni minimal hisobda mag‘lub etdi (1:0). Yagona gol hujumchi Joau Feliks tomonidan kiritildi. Ular ketma-ket o‘nta uchrashuvdan beri mag‘lub bo‘lishmayapti. 10-aprel kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk o‘yinida kataloniyaliklar “PSJ”ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi. O‘yin Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo‘lib o‘tdi. 16-aprel kuni “Barselona” o‘z maydonida Luis Enrike shogirdlariga imkoniyatni boy berib, turnirdan chiqib ketdi – 1:4. "Barselona"ning jarohat olganlar ro‘yxatida himoyachi Alexandro Balde va Gavi mavjud. "Barselona" "Real"ga qarshi Karol G logotipi tushirilgan maxsus libosda o‘ynaydi. Karol G - "Spotifiy"da oyiga 50 milliondan ortiq translatsiyaga ega bo‘lgan (xizmat klubning titul homiysi). O‘tgan yili qo‘shiqchi eng mashhur ijrochilarning 10 taligiga kirgan. Bugungi o‘yinda kataloniyaliklarning futbolkasida boshoq shaklidagi yurak bilan "Karol G" yozuvi bo‘ladi. "Barselona" bosh murabbiyi Xavi avvalroq mavsum oxirida jamoani tark etish haqidagi qarorini o‘zgartirish niyatida emasligini aytgandi. Ispaniyalik mutaxassis bu haqda ilk bor 28-yanvar kuni La Liganing 22-turida "Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (3:5) ma’lum qilgandi. Buni har bir matbuot anjumanida aytganman, - deya Xavi so‘zlarini keltiradi Marca. "Hech narsa o‘zgarmadi. Agar xohlasangiz, savolni o‘zgartiring, men sizga bu imkoniyatni beraman. Men klub manfaati uchun dinamikani o‘zgartirishga harakat qilyapman, bu mening ishim. Qaror o‘zgarmaydi", deydi murabbiy.

Madridliklarda "Siti" bilan o‘yindan so‘ng psixologik konsentratsiya bo‘yicha biroz tushish bor — Robert Levandovski 

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoasining bugungi "Real"ga qarshi bahsda g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanligini bildirdi. ""Barselona" g‘alaba qozonadi. Yutishimiz kerak. Bundan tashqari, madridliklarda "Siti" bilan o‘yindan so‘ng psixologik konsentratsiya bo‘yicha biroz tushish bor. Biz yaxshiroq jismoniy holatdamiz. Ular 120 daqiqa yugurishdi, uylariga ertalab 5 da kelishdi va charchoq bo‘lishi mumkin. Bizda esa yo‘q. Ushbu jamoaga qarshi qanday o‘ynash kerakligini va o‘tgan o‘yinda qanday xatolarga yo‘l qo‘yganimizni bilamiz. Agar ular to‘g‘irlansa, raqibni yutishimiz mumkin", — dedi Levandovski.

Muammo o‘z salohiyatini boy bergan "Barselona"da — Mesut O‘zil

"Real"ning sobiq hujumkor yarim himoyachisi Mesut O‘zil "Real Madrid" va "Barselona" o‘rtasidagi qarama-qarshilikning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. “Men o‘ynaganimda, bu qarama-qarshilik dunyodagi eng muhim futbol uchrashuvi edi. O‘sha yillardagi "Barselona" ehtimol tarixdagi eng yaxshi "Barselona" bo‘lgan. Gvardiolaning o‘sha davrdagi "Barsa"si hozirgi jamoadan yaqqol farq qiladi. Nazarimda, hozir dunyoning diqqat-e’tibori ko‘proq “Liverpul” – “Manchester Siti” yoki Angliya chempionatining boshqa o‘yinlariga qaratilgan. "El-Klasiko"ning darajasi pasayib bormoqda, bu achinarli. Lekin bunda "Real"ni ayblamaslik kerak, chunki ular dunyoning eng zo‘r jamoalaridan biri. Muammo o‘z salohiyatini boy bergan "Barselona"da", - deya O‘zil so‘zlarini keltiradi Marca.

Real Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelottining Klasiko oldidan fikrlari:

“Biz tiklanishda davom etayapmiz. Siti bilan o‘yindan keyingi tanqid? Har kim o‘z fikriga ega. Biz shunday o‘ynashga majbur edik va buni uddaladik. Ko‘ngli to‘lmaganlar orasida birorta Real muxlisini uchratmadim. Mendi mashg‘ulotda qatnashmadi, lekin qaydnomada bo‘ladi. Militao tayyor, unga biroz amaliyot kerak. Modrich ikkinchi darajali bo‘lishga hech qachon ko‘nmaydi, u jangchi va doim maydonda borini beradi. Nacho ketishga qaror qilsa, buni hurmat qilishimiz kerak. Kazemiro bilan xayrlashganda yig‘laganim? Bu holat Marselo bilan ham, boshqalar bilan ham ro‘y bergan. Menga bunday xayrlashuvlar ta’sir qiladi. La Ligada 80 ochko yig‘ishga yaqin keldik. Endigi raqibimiz Barselona. Klasiko bu doim juda ajoyib jarayon. Yutsak chempionlikka yaqinlashamiz. Barselonada yoshlar va kattalar bilan balans yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bizda ham. Yamal va Kubarsini katta kelajak kutmoqda”.

Barselona bosh murabbiyi Xavining Klasiko oldidan fikrlari: 

“Biz yana La Liga g‘olibligi uchun kurashga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bu mavsumning eng muhim uchrashuviga aylanmoqda. Dunyoning eng kuchli klubi Manchester Sitini CHLdan chiqarib yuborgan Real Madrid bilan to‘qnash kelyapmiz. Ularda katta eyforiya kayfiyati bo‘ladi. Bu juda murakkab raqib. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Chempionlar ligasi natijasi ta’siridan chiqib oldik. Jamoa La Liga uchun kurashishni juda xohlayapti. Shu sababli bu biz uchun eng muhim o‘yin. G‘alaba qozonsak farqni 5 ochkogacha qisqartiramiz va bunday variant bizga juda ma’qul. Realni hurmat qilamiz albatta. O‘tgan mavsumga nisbatan hozirgi holatda 4 ochko kam to‘plabmiz, o‘shanda biz yetakchi edik. Bunday jamoaga qarshi raqobatbardosh bo‘lish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz”.

Теги :
Жамият