Kuniga 500 tonna meva eksport qilinmoqda
Yurtimiz iqlimi mevalar yetishtirish uchun qulay bo‘lib, Namangan viloyati, birgina tumanining o‘zida katta eksport salohiyati mavjud.
1 daqiqa o‘qiladi

Kuniga 500 tonna meva eksport qilinmoqda
Yurtimiz iqlimi mevalar yetishtirish uchun qulay bo‘lib, Namangan viloyati, birgina tumanining o‘zida katta eksport salohiyati mavjud.
"To‘raqo‘rg‘on tajribasi"
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumaning mevalar yetishtirishdagi tajribasi katta bo‘lib, yil davomida mavsumga qarab tumanda xorijga meva eksporti yo‘lga qo‘yilgan.
Bahor va yoz oylarida gilos, o‘rik kabilar, kuz va qishda esa uzum, xurmo mevalari xorijga yo‘l oladi.
Asosiy import qiluvchilar
Tumandagi eksportning katta hajmini Rossiya, BAA, Janubiy Koreya, Malayziya, Xitoy hamda Qozog‘iston davlatlari tashkil etar ekan.
Meva eksportida 2023-yil uchun 18 million dollarlik reja berilgan bo‘lib, ular bu rejani 23 million dollarlik, 130% yuqori ko‘rsatkich bilan bajarishgan.
2024-yil uchun maqsad esa 29 million dollar.
Yaratilgan ish o‘rinlari va yutuqlar
Mevalarni qadoqlash, ularni eksportga mos holda terish uchun ishsiz aholi jalb etilgan bo‘lib, ular mevalarni qutilarga o‘lchami va og‘irligiga qarab joylashadi.
Ayni kunlarda tumanda kuniga 400-500 tonna gilos, o‘rik va shaftoli eksport qilinmoqda. Bu esa nafaqat tuman, viloyatning ham iqtisodiy o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.



