$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekiston uchun potensial eksport bozorlari va buyurtmachilar talabi oʻrganildi

Eksport

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti go4WorldBusiness platformasi maʼlumotlariga asoslanib, Oʻzbekiston mahsulotlari uchun potensial eksport bozorlari va buyurtmachilar talabi boʻyicha tahlil oʻtkazdi. Natijalarga koʻra, bir nechta mahsulotlar eksport uchun katta salohiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Eksport uchun eng katta salohiyatga ega mahsulotlar va bozorlar

1. Meva-sabzavotlar, qiyom va sharbatlar.

Hududlar: Surxondaryo, Xorazm, Fargʻona, Samarqand, Qashqadaryo, Andijon.

Potensial bozorlar: Hindiston, BAA, Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya, Singapur.

2. Ip-gazlama, kiyimlar, kimyoviy tola va teri mahsulotlari.

Hududlar: Namangan, Qashqadaryo, Toshkent, Sirdaryo, Qoraqalpogʻiston Respublikasi.

Potensial bozorlar: Ispaniya, Indoneziya.

3. Oʻgʻitlar, kimyoviy mahsulotlar, un va kraxmal.

Hududlar: Fargʻona, Navoiy, Toshkent viloyati, Toshkent shahri

Potensial bozorlar: Xitoy, Malayziya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Shri Lanka.

4. Qimmatbaho toshlar va metallar, rux va mis mahsulotlari.

Hududlar: Navoiy, Toshkent viloyati, Toshkent shahri.

Potensial bozorlar: AQSh, Yaponiya, BAA, Koreya Respublikasi, Tailand, Xitoy, Hindiston, Vetnam.

Xalqaro savdoda toʻlov shartlari

Tahlillarga koʻra, buyurtmachilarning 73% mahsulotni ishlab chiqarish, sugʻurtalash va yetkazib berish xarajatlarini sotuvchi zimmasiga yuklatuvchi CIF (Cost, Insurance, and Freight) shartlarini afzal koʻrmoqda. 

Toʻlov shakli boʻyicha esa:

  • 61% akkreditiv (LC - Letter of Credit) orqali toʻlovni amalga oshirishni afzal koʻradi.
  • 16% bank orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazmalarni tanlaydi.
  • 11% telegrafik pul oʻtkazmalari (TT - Telegraphic Transfer) orqali hisob-kitob qilishni maʼqul koʻradi.

Akkreditiv xalqaro savdoda eng ishonchli va xavfsiz toʻlov shakllaridan biri hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat