$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Soʻnggi 6 yilda Oʻzbekistonning eksport hajmi 120 mlrd. dollarga yetdi

eksport

Ummonning Asdaa Oman elektron gazetasida "O‘zbekiston o‘zining mahsulotlarini 115 davlatga eksport qilmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi. Bu haqda "Dunyo" AA berdi.

Eksportdagi oʻsish 

Nashrda respublikada "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan maqsadlarga – eksportdagi xususiy sektor ulushini 60 foizga oshirishga qat’iy amal qilgan holda eksport tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlangan.

"2017-2023 yillarda O‘zbekistonning umumiy eksporti 120 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Birgina 2023-yilda eksport 24 milliard dollarga yetib, 2017-yilga nisbatan 64 foizga o‘sdi", – deya taʼkidlangan.

Tashqi bozorlar soni 115 taga yetdi

Oxirgi olti yilda O‘zbekiston eksport yetkazib berish geografiyasini yana 33 ta yangi davlatni qamrab olgan holda kengaytirib, umumiy tashqi bozorlar sonini 115 taga yetkazdi. Bugungi kunda O‘zbekiston mahsulotlari Peru, Panama, Meksika, Dominikan, Argentina va Albaniya, Serbiya, Finlandiya, Lyuksemburg va boshqa mamlakatlar bozorlariga birinchi marta kirdi.

Joriy yildagi 1 milliard dollarlik mahsulot eksporti

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Masalan, o‘tgan yili 3 mingga yaqin mahalliy korxona eksport faoliyatiga qo‘shildi. Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida 2 ming 450 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqib, jami 1 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi.

Maqola yakunida: "Umuman olganda, O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan joriy islohotlar 2030-yilgacha bo‘lgan milliy strategiyada belgilangan maqsadlarga erishishga ishonch bilan yo‘l ochmoqda", – deb yozilgan.