$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ekspertiza organlariga qogʻoz hujjatlar toʻplamini taqdim etishdan toʻliq voz kechildi

ekspertiza

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimidagi "Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish" elektron platformasi toʻliq raqamlashtirilgan holda tubdan yangilandi. Shu bilan birga, manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ekspertiza koʻrigiga taqdim etilayotgan ayrim toifadagi loyihalarni koʻrib chiqish uchun muayyan bir hududga yoʻnaltirish funksiyasi bekor qilindi.  

Ekspertiza tizimi kuchaytirildi

Endilikda loyihalarni koʻrib chiquvchi hududni avtomatlashtirilgan dasturiy ta'minot mustaqil ravishda, hududning ish yuklamasini inobatga olgan holda tasodifiy tanlaydi.  

"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimida ishga tushirilgan expertiza.mc.uz platformasi boshqa manfaatdor idora va tashkilotlarning elektron platformalari bilan integratsiya qilindi.  

Obyektlarning loyiha hujjatlarida seysmik xavfsizlik, zilzilaga bardoshlik va konstruksiyalar mustahkamligi koʻrsatkichlarining ta'minlanganlik holati yuzasidan ekspertiza tizimi kuchaytirildi.  

4 371,7 mlrd. soʻm mablagʻ tejalgan

Barcha dasturlar doirasida 2024-yilning birinchi olti oyida elektron platforma orqali kelib tushgan 6,3 mingdan ziyod obyektlarning loyihalariga yigʻma ekspert xulosalari taqdim etildi. Ekspertiza jarayonida loyiha yechimlarini yaxshilash va ularni normativ talablarga moslashtirish, loyihalardan asossiz koʻzda tutilgan xarajatlarni chiqarib tashlash hisobiga tejalgan mablagʻ 4 371,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.  

Xususan, birgina Investitsiya dasturi doirasida jami 1 233 ta obyekt boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining qiymati 8 492,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, ekspertiza koʻrigidan soʻng tavsiya etilgan qiymat 7 128,3 mlrd. soʻm etib belgilanib, natijada iqtisod qilingan mablagʻ 1 364,4 mlrd. soʻmni hosil qildi.  

Qurilish sohasida nazoratni tartibga solish

Qurilishda nazorat ham muhimligi sabab, sohada nazorat tizimini tartibga solishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qurilish ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish hamda tugallanganlarini foydalanishga topshirish boʻyicha yangi reglamentning qabul qilinishi, kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagan taqdirda hududiy inspeksiyalarga pudrat tashkilotini toʻgʻridan-toʻgʻri jarimaga tortish vakolati berilgani, ob'ektlarda "Qurilish nazorati" axborot tizimining joriy qilingani shunday sa'y-harakatlar natijasidir. Bugungi kunga qadar ushbu tizim orqali 28 mingdan ziyod obyekt nazoratga olindi.

63 mingdan ziyod yozma koʻrsatmalar

Bundan tashqari, 112 mingdan ortiq monitoring tadbirlari oʻtkazildi. Qurilish normalarini buzgan mutasaddi tashkilotlarga 63 mingdan ziyod yozma koʻrsatmalar va 5 ming 18 ta ta'sirchan choralar koʻrildi.  

Shuningdek, shaharlarning raqamli egizaklarini yaratish yoʻnalishida "ToshkentboshplanLITI" instituti tomonidan dunyodagi eng salohiyatli AQShning ESRI kompaniyasidan ArcGIS geoaxborot tizimining rasmiy litsenziyalari xarid qilindi.  

"Davlat shaharsozlik geoaxborot tizimi"

Mazkur tizimdan foydalanish uchun mutaxassislar zamonaviy kompyuter stansiyalari bilan ta'minlandi. Toshkent shahrining raqamli egizagi va bosh rejasini ishlab chiqishga jalb etilgan mutaxassislar geoaxborot tizimidan foydalanishga oʻqitildi. Shu qatori, ushbu yoʻnalishdagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi faoliyati tashkil etilib, unga "Davlat shaharsozlik geoaxborot tizimi" idoralararo geoaxborot dasturiy kompleksini yuritish va operator funksiyasini bajarish, shuningdek, ushbu tizimga ma'lumotlarni joylashtirish, saqlash, fazoviy ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash va ulardan foydalanish huquqlarini boshqarish vakolati berildi.  

Maʼlumot uchun, Davlat dasturlari doirasida ishlab chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari muntazam ravishda Davlat shaharsozlik geoaxborot tizimiga kiritib kelinmoqda.