$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Otalikni belgilash uchun eng ko‘p ish Toshkentda ko‘rilgan

Sud ekspertizasi

Adliya vazirligi o‘tgan yilning eng ko‘p o‘zgarishlar yuz bergan sohalaridan biri – sud ekspertizasidagi o‘zgarishlar va statistiklarni e’lon qildi. Unda odam DNksi orqali aniqlash, haqorat va montaj videolar bo‘yicha ishlar, sud-ekspertlik faoliyatiga oid yangi faoliyatlar jamlangan.

37 mingdan ortiq ekspertlik xulosalar

O‘tgan yilda 37 493 ta ekspertlik xulosalar berilgan bo‘lib, bu oldingi yildan 2 187 taga ko‘p. ulardan 17 104 (o‘tgan yildan 844 ta ko‘p) tasi — sud-avtotexnika ekspertizasi, 6 492 (+338) tasi suv-qurilish,4 828 (+1 704) tasi sud-tovarshunoslik, 2 144 ta materiallar hamda ashyolar kriminalistik ekspertiza, 1 804 (+85) ta odam DNKsi sud-biologik, 1 296 ta sud-ballistika va izshunoslik ekspertizasi bo‘yicha. 

Ekspertiza tadqiqotlari hamda yangi joriy etilgan turlar

2023-yilda jami hisobda 1 million 109 ming 735 ta ekspertlik tadqiqotlar o‘tkazilib, sud-ekspertiza turlari soni 57 taga, tadqiqotlari soni esa 73 tadan 91 taga yetkazildi. Tadbirkorlarning boy berilgan foydasini aniqlash, insonning populyatsion kelib chiqishini aniqlash va genom pasportni shakllantirish kabi yangi tadqiqot turlari joriy etildi. Gaz va elektrotexnika obyektlaridagi portlash texnik ekspertizasi, radiotexnika hamda sud-psixologik ekspertiza turlari tashkil qilindi.

Hududlar bo‘yicha statistikalar

Hududlarda yil davomida yangi yo‘nalishlar,jumladan, sud-buxgalteriya, sud-soliq, tovarshunoslik, xatshunoslik, hujjatlar texnik ekspertizasi joriy etildi. Undan tashqari bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p holatlar qayd etilgan hududlar aniqlandi. Xususan, haqorat bo‘yicha 567 ta holat bo‘lib, shundan 181 tasi Toshkent shahrida, 65 ta Toshkent viloyatida, 61 tasi esa Farg‘ona viloyatida; montaj belgilarini aniqlash bo‘yicha jami 412 ta ishdan 119 tasi Toshkent shahrida, 32 tasi Farg‘ona hamda 31 ta Navoiyda; otalikni belgilashga doir 753 ta DNK ekspertizadan Toshkent shahrida 155 ta, Samarqand viloyatida 112 ta va 104 tasi Toshkent viloyatida o‘tqazilgan.

Bir necha yangiliklar amalga oshirildi

2023-yilda ushbu sohaga oid bir necha tashabbuslar hamda yangiliklar yuz berdi. Endilikda advokatlarga ekspertiza tayinlash tashabbusi bilan chiqish huquqi berildi. Odam DNksi sud-biologik ekspertizasi bo`yicha anonym murojaatlar asosida tadqiqotlar amalga oshirish joriy etildi. Sud ekspertlik faoliyatiga oid 203 turdagi uslubiyot-manbaalar yangilandi. Sud-ekspertlik laboratoriyalariga ISO/IEC 17025:2019 guvohnomasi berildi. Undan tashqari e-ekspertiza,uz saytining barcha ekspertlik jarayonlari raqamlashtirildi.