$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtomobillarga ekostikerlar berish 1-martdan boshlanadi

Ekostiker

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga ishlab chiqarishlardagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

➖ binolarning tomlari va fasadlariga quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish uchun davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun loyiha hujjatlarini taqdim etish talabini bekor qilish;

➖ atrof-muhitga va unga tutash hududlarga ta’sir ko‘rsatadigan sanoat korxonalarida “yashil belbog‘lar” yaratish va yetishtirish bo‘yicha tadbirlarni amalпa oshirish;

➖ “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini o‘zgartirish. U 2025-yil 1-martdan boshlanadi (2024-yil 1-iyundan boshlab edi). Xuddi shu kundan boshlab transport vositalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasini aniqlash va ekologik stikerlar berish boshlanadi.

Qaror o‘tgan yili kuchga kirishi kerak edi

Ma’lumot uchun,  ekostikerlarni joriy qilish 2024-yil 1-iyundan boshlanishi kerak edi. Biroq Vazirlar Mahkamasining 3-iyuldagi qarori bilan barcha toifadagi avtomototransport vositalariga ekologik stikerlarni joriy etish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi. Shu sababdan mazkur qaror joriy yilning 1-martidan boshlab kuchga kiradi.

“Eko transport” nimani nazarda tutadi?

Birinchidan, hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘liq real ekologik holatdan kelib chiqib, “ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida” “toza” (“yashil”), “o‘rta” (“sariq”) va “zararli” (“qizil”) ekologik zonalarga ajratiladi.

Ikkinchidan, transport vositalarining normativlarga mosligi darajasi avtomatik baholash tizimiga asosan diagnostika tekshiruvi jarayonida aniqlanadi, natijalari bo‘yicha qalbakilashtirishdan himoyalangan va elektron belgiga ega bo‘lgan ekologik stikerlar beriladi.

Uchinchidan, ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya to‘lovlarini joriy etish yoxud ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash yoki taqiqlash choralari ko‘riladi.

Tizim 2030-yilgacha davom etadi

“Ekologik transport” tizimini joriy etish 2030-yilgacha davom etadi: birinchi bosqich Toshkent shahrida (2024−2026), ikkinchi bosqich Nukus shahri, viloyat markazlari va zaruratga ko‘ra, alohida ekologik zonalar, jumladan sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish va dam olish maskani va boshqalarda (2026−2028), uchinchi bosqich boshqa barcha hududlarda (2028−2030).

 

Ekozonaga muvofiq bo‘lmagan transport vositalaridan ekologik zonalar hududida foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Jarima mablag‘lari esa mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga va atrof-muhitni muhofaza qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Теги :
Jamiyat