Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +10°

Ta’limdan gapiramiz...

Joriy yilning o‘tgan davrida ta’limni rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ishlar, "Metodik marafon" lar,ishlab chiqilgan o‘quv-metodik resurslari, "Uzluksiz ta’lim tizimi lug‘ati" yuzasidan ma’lumot berildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Ta’limdan gapiramiz...

Ta’limdan gapiramiz...

Joriy yilning o‘tgan davrida ta’limni rivojlantirish uchun amalga oshirilgan ishlar, "Metodik marafon" lar,ishlab chiqilgan o‘quv-metodik resurslari, "Uzluksiz ta’lim tizimi lug‘ati" yuzasidan ma’lumot berildi.

 "Metodik marafon" lar

Joriy yilda o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va funksional savodxonlikni oshirish maqsadida "Metodik marafon" o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, 20 000 dan ortiq pedagoglar uchun 90 dan ortiq masterklasslar tashkil etilgan.

Maktablar kesimidagi ishlar

 Prezident qarori bilan markazga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi 129-maktab faoliyati o‘rganilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar yuborildi. Xususan, ushbu maktab negizida "Kasbiy rivojlanish kuni" aprobatsiya qilindi va amaliyotga joriy etildi. 

 Prezidentimizning 2024-yil 10-iyundagi farmoyishi asosan,

 19-21-iyun kunlari Madaniyat va Sport vazirliklari tasarrufidagi 52 ta maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘rganildi va natijalar asosida ularning faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlandi.

O‘quvchilar uchun moslashtirilgan fanlar

Tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha xorijiy darsliklar, ish daftarlar va metodik qo‘llanmalar 5-6 sinflar uchun tarjima qilinib moslashtirildi.

 7-11 sinflar uchun kimyo fanidan laboratoriya va amaliy ishlarga bag‘ishlangan "Tabiiy fanlar — ilmiy sirlar" nomli o‘quv-metodik resurs ishlab chiqildi.

 "Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiyalar markazi" bilan birgalikda pedagogik mahorat va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqildi.

Phet, PhysicsAviary, KhanAcademy, GeoGebra va boshqa ta’lim platformalarini mahalliylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

 4 ta viloyatning 7 ta tumanidagi 14 ta maktabda virtual laboratoriyalar va ta’lim platformalari sinovdan o‘tkazildi.

Kelasi ishlar

Istiqbolda bir qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bulardan:

Umumiy o‘rta ta’limda o‘qitish natijalarini baholash konsepsiyasi;

 "Ta’lim dasturlarining uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasi";

 "Uzluksiz ta’lim tizimi lug‘ati";

 Ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish uchun milliy so‘rov tizimi ishlab chiqilmoqda.