$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Shafqatsiz o‘qituvchilarning safi kengaymoqda

Чет тилларини яхши ўзлаштирган мактабларга 0,5 млрд сўмгача мукофот берилади

Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni O‘zbekistondagi maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilarning mojarolari avj olib bormoqda. Bu kabi voqealarning videolarni ko‘rgan har qanday odamning "qoni qaynasa" kerak. O‘qituvchilarning jizzaki va badjahlligi ortidan ko‘plab o‘quvchilar aziyat chekyapti. Shunday ko‘ngilni xira qiluvchi voqealardan birining videosi kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi kaltaklandi

Unga ko‘ra, 23-fevral kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumani 36-sonli maktabning o‘qituvchisi boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan 2 nafar o‘quvchini ayovsiz kaltaklagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda o‘qituvchi avval bir bolaga baqirib urib, keyin yana bir qizni ayovsiz kaltaklagan. Qiz o‘z stoliga o‘tirganda ham urishni davom etadi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ushbu fakt yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilayotgani, viloyat prokuraturasi tomonidan holat nazoratga olingani haqida xabar berdi . Jabrlanuvchining tan jarohatlarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza ham tayinlangan.

Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Akbar Tagayev munosabati

 O‘qituvchi dars tayyorlab kelmaydigan, maktab ichki tartib-qoidasini buzadigan o‘quvchilarni jazolashi mumkin emas. Biroq uning holatini bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama qilishi mumkin. Agar o‘quvchi o‘zgarmasa, u maktabning ichki ro‘yxatiga kiritiladi.

Hozirgi kun bolalarining tarbiyasi og‘ir va ular bilan ishlash ham oson emasdir, ammo bu ularni kaltaklasa bo‘ladi degani emas.

Bola huquqlari qonunan himoya qilinadi

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish belgilangan.