$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi chiqindini sizdan sotib olishadi

Chiqindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida obodonlashtirish va chiqindilar bilan bog‘liq qator topshiriqlar berdi.

Obodonlashtirish boshqarmalari xususiylashtiriladi

Unga ko‘ra, hududlarda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Jumladan, ayrim tumanlardagi obodonlashtirish boshqarmalari tajriba tariqasida xususiylashtiriladi.

Ta’kidlanishicha, har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.

Bunda, tadbirkorlar o‘ziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shug‘ullanadi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shug‘ullanadi va shunga yarasha haq oladi.

Yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan o‘tkazib, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Chiqindilar endilikda yoqiladi

Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi tizim tashkil etilishi belgilandi.

Mavjud 194 ta poligondan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.

Chiqindi yoqish zavodi loyihasi

Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha to‘plab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.

Tadbirkorlar investisiya majburiyatini to‘liq bajarishi uchun chiqindi uchun to‘lov intizomi masalasini uzil-kesil hal qilishi lozim bo‘ladi. Chiqindi xizmati bilan barcha korxona va tashkilotlarni qamrab olish muhimligi ta’kidlandi.

Chiqindi saralaganlarni rag‘batlantirish tizimi

Shuningdek, ko‘p qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi.

Bunda, Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Теги :
Jamiyat