$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi daraxt kesgan yuridik shaxslarga sanksiyalar qo‘llaniladi

Дарахт Daraxt

Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning ayrim loyihalari 1-martdan rasman kuchga kirdi.

Daraxt kesishga doir hujjatlarni ishlab chiqish ham javobgarlikka olib keladi

Endilikda daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, ularga shikast yetkazishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Qonunga ko‘ra, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik yoki shikastlantirganlik uchun ma’muriy jazo choralari kuchaytirilib, bir-birini takrorlovchi normalar chiqarib tashlandi.

Javobgarlik talablari

Shuningdek, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan shaxslarning aynan daraxt va butalar kesilgan joyda kompensatsiyaviy daraxtlar ekishi majburiyati belgilandi. Shu bilan birga, ekilgan daraxtlarni 3 yil davomida parvarish qilishadi.

Moliyaviy sanksiya qurbonlari

Bundan tashqari, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yo‘q qilgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.