Shanba, 17-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +17° kechasi +10°

Doim to‘q yurmang! Bu salomatligingiz uchun xavfli

Bugungi kunda insonlarning ochlikni his qilmay qo'ygani ko'plab kasalliklarga sabab bo'lmoqda. Davomiy to'q yurish odamlar uchun ekologik muammolarga qaraganda ham xavfliroq.

3 daqiqa o‘qiladi

Doim to‘q yurmang! Bu salomatligingiz uchun xavfli

Bugungi kunda insonlarning ochlikni his qilmay qo'ygani ko'plab kasalliklarga sabab bo'lmoqda. Davomiy to'q yurish odamlar uchun ekologik muammolarga qaraganda ham xavfliroq. 

Och organizm to'q organizmga qaraganda sog'lomroq

Ochlik – organizmning o‘ziga xos sterilizatsiyasidir. Ochlikni his qiladigan tana doimo to‘q yuradigan tanaga nisbatan sog‘lom bo‘ladi. Sababi, ochlik natijasida inson vujudida autofagiya jarayoni faol bo‘ladi. Organizmlarning tozalanishida – sterilizatsiyasida autofagiya juda muhim va asosiy jarayon.

Hujayralar qariydi, o‘ladi va o‘lik holatida tanada qoladi. O‘lik hujayralar yog‘, oqsil va uglevodlardan iborat. Aynan ochlik – autofagiya jarayonida mana shu “biologik chiqindilar” parchalanib, o‘zlashtiriladi. Natijada inson tanasi o‘lik hujayralardan – “biologik chiqindilar”dan qutuladi. Saraton hujayralari ham ana shunday tarzda o‘zlashadi (yo‘q qilinadi). Yoki, boshqacha aytilsa, “eritiladi”.

Autofagiya nima?

Autofagiya - bu hujayraning ichki tarkibiy qismlari uning lizosomalari yoki vakuolalari ichiga yetkazib beriladigan va ularda degradatsiyaga uchragan jarayondir. Bu hujayraning tabiiy, tartibga solinadigan mexanizmi bo'lib, keraksiz yoki ishlamaydigan komponentlarni qismlarga ajratadi. Hujayra o'limining autofagik turida hujayraning barcha organellalari hazm qilinadi, faqat makrofaglar tomonidan so'rilgan hujayra qoldiqlari qoladi.

Och yurish saraton va qandlik diabetga chalinish xavfini kamaytiradi

Ochlik qonning kimyoviy tarkibini yaxshilanishiga yordam beradi. Birinchi navbatda ortiqcha glyukoza to‘plamasligi natijasida qandli diabetning oldi olinadi. Shuningdek, u saraton hujayralari hosil bo‘lishining oldini oladi. Zamonaviy tibbiyotda saraton kasalliklarida ochlikka yetadigan profilaktik usulni hali taklif etilmagan. 

Inson och qolganda organizmi dam oladi

Ochlik miyaning to‘laqonli ishlashiga yordam beradi. Eng qizig‘i, inson och qolgan mahalda xotirasi yaxshi ishlaydi, ayniqsa, o‘qigan narsasi miyasida qoladi. Inson to‘q bo‘lsa, tana inson uchun emas, balki, birinchi navbatda, taomni – yog‘, oqsil va uglevodlarni parchalashga o‘tadi. Tana a’zolari zo‘riqib ishlaydi. Ochlikda esa aksincha jarayon ketadi, tana a’zolarining yuklamasi kam bo‘ladi. Har narsa ishlatilaversa eskiradi, qobiliyatini yo‘qotadi. Tana a’zolarimiz ham shunday. Ochlik jarayonida tana a’zolari passiv tinim holatiga o‘tadi. Ochlik vaqtida odam hojatga kam boradi. Bu degani, oshqozon, ichak, buyrak, jigar... kabi a’zolar dam olyapti. O‘ylab ko‘raylikchi, dam olmay ishlasak qay ahvolga tushamiz.

Agar kechki kechki ovqat ratsioni kuchli bo‘lgan bo'lsa, odam uxlasa ham tana a’zolari tuni bilan ishlab chiqadi va dam olmaydi. 

Bu bilan muttasil och yuring demaymiz. Faqat tanangiz ma'lum muddat ochlikni ham his qilsin demoqchimiz. Sababi, ochlikni his qilish va ochlik o‘rtasida farq bor.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ochlik insonning ham jismonan, ham ruhan tiklanishiga yordam beradi. Shuning uchun, hech bo‘lmasa, kuniga bir marta ochlikni his qilishida unga juda katta yordam bo'ladi.