$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

Sobiq deputat Qobul Do‘sovga sud hukmi o‘qildi

Qobul Dusov Qobul Dusov

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida Qobul Do‘sovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan.

Sud hukmi

Sud tomonidan sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, sudga oid lingvistik ekspertiza xulosasi, yozuvlar skrinshoti hamda jinoyat ishi bo‘yicha barcha na’munalar to‘plangan. Sud hukmiga muvofiq Qobil Do‘sov Jinoyat kodeksning 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 140-moddasi haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan fuqaro M. Eshimqulovga, Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari bilan fuqarolar O. Kamolova va Sh. Hasanovaga oid ayblov epizodlari bo‘yicha ifodalangan jinoiy hodisa yuz bermagani sababli aybsiz deb topilib, Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi (Reabilitatsiya uchun asoslar) 1-bandiga asosan oqlangan.

Qobul Do‘sovga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi

Qobul Do‘sov 4 nafar jabrlanuvchiga (Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi mas’ullari N. Yalgasheva, O. Kamolova, Sh. Hasanova va S. Suyarova) Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandi va 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasi (jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Do‘sov tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan. Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari mavjudligi tushuntirilgan.

Probatsiya shartlarining buzilishi

Avvalroq 2022-yil 22-noyabr kuni Chilonzor tuman sudida Qobul Do‘sovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilingan edi. U maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevni haqorat qilganlikda aybdor deb topilgan va Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandiga ko‘ra, unga 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi. Shuningdek, sud qarorida, agar bu cheklovlar buzilsa, ozodlikni cheklash jazosi qamoq jazosi bilan almashtirilishi haqida ogohlantirilgan. Qobul Do‘sov probatsiya shartlaridan birini yoki bir nechtasini buzganligi aniqlangan. Probatsiya organlari bu holatni sudga bildirgan va natijada sud tomonidan Do‘sovning jazosi haqiqiy qamoq jazosiga almashtiriladi. Qonunchilikka ko‘ra, probatsiya shartlarini buzish jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi va mahkumning erkinlikda yurishiga asos bo‘luvchi imtiyozlardan mahrum qilinishiga olib keladi. Bu jarayonda probatsiya organlari va sud jazoni o‘zgartirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

Qobul Do‘sov haqida

Qobul Do‘sov — sobiq deputat, bloger va jamoatchilik faoli. U O‘zbekiston parlamentida faoliyat olib borgan vaqtida ijtimoiy adolat va fuqarolar huquqlari bilan bog‘liq masalalarni ko‘tarishi bilan tanilgan. Deputatlik davrida u o‘zining keskin chiqishlari va tanqidiy fikrlari bilan e’tiborni tortgan. Bloger sifatida u ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, mamlakatdagi dolzarb mavzular, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyot sohasidagi muammolarni ko‘tarib chiqqan.

Теги :
Jamiyat