6 oyida 65 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 19 ta doktarant (DSc), 220 ta tayanch doktarant (PHD) hamda 100 nafar stajor-tadqiqotchi qabul qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning 6 oyida Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlarda 65 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bu haqda AOKAda bo‘lgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova ma’lum qildi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 220 ta PHDlar qabul qilingan
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 19 ta doktarant (DSc), 220 ta tayanch doktarant (PHD) hamda 100 nafar stajor-tadqiqotchi qabul qilindi.
“O‘zbek xalqi ijodi yodgorliklari”ning nashrga tayyorlanishi
Olimlar tomonidan “Maktabgacha ta’lim tarbiyaluvchilari uchun zilziladan himoyalanishni o‘rgatuvchi multimediali ta’lim resurslarini yaratish” bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.
“O‘zbek xalqi ijodi yodgorliklari” 100 jildligining 31-40 jildlari nashrga tayyorlandi va nashriyotga taqdim etildi.
Fanlar akademiyasi tashkilotlari tomonidan 2024-yilga mo‘ljallangan 2586, 7 ming dollar hajmdagi mahsulotlar eksporti to‘liq bajarilishi ta’minlandi.



