$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Dronlar uchun javobgarlik yengillashtirilmoqda

Dronlar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni “Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni imzolandi.

Kuchga kirish muddati qachon?

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 28-noyabr kuni birinchi o‘qishda, 12-dekabrda ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilingandi. Senat tomonidan esa 19-yanvar kuni ma’qullangan. Bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, o‘zgartirishlar uch oydan keyin kuchga kiradi.

Jinoiy javobgarlikdan ma’muriyga

Qonun bilan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanishda birinchi marta ayblanayotgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik emas, balki ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Ayblanuvchi ozod qilinishi ham mumkin

Xususan, ma’muriy huquqbuzarlik natijasida aniqlangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar davlat hisobiga musodara qilinishi, qonunga xilof ravishda harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ushbu toifadagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Qayda sodir qilish

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 244−4-moddasida belgilangan sanksiyalarga muqobil jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash kabi jazo turlari kiritildi. Ya’ni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Dronlar masalasi

Ma’lumot uchun, 2015-yilda mamlakatda dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish to‘liq taqiqlangandi. 2018-yil may oyidan boshlab esa xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida foto va video materiallar tayyorlash uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini, jumladan, dronlarni vaqtincha olib kirishga ruxsat berilgan.

Hozirda amaldagi qonunchilikda uchuvchisiz uchish apparatlarini noqonuniy olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanish uchun Jinoyat kodeksining 244−4-moddasi 1-qismi bilan 3 yilgacha, og‘irlashtiruvchi holatlarda 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi. Ushbu modda 2019-yilda kuchga kirgan.

Теги :
Jamiyat