Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Eron kompaniyasi O‘zbekistonga dron yetkazib beradi

Kompaniyaga dronlarini yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun infratuzilmani yaratish zimmasi yuklangan.

1 daqiqa o‘qiladi

Eron kompaniyasi O‘zbekistonga dron yetkazib beradi

Eronning “Sirang UAV” kompaniyasi O‘zbekistonga zamonaviy qishloq xo‘jaligi dronlarini yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha shartnomani imzoladi. 

Ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiya Eronga tashrifi chog‘ida mamlakat kompaniyalari bilan bir qator muhim shartnomalarni imzolagani ma’lum bo‘ldi. Eron qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (ATMAK) bilan qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va texnologik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum hamda “Bozorgan qal’a” MChJ o‘rtasida Nutritech brendi ostida 40 turdagi o‘g‘it va pestitsidlarni sinovdan o‘tkazish va bosqichma-bosqich O‘zbekistonda mahalliylashtirish bo‘yicha shartnoma shular jumlasidan.  

Qishloq xo‘jaligi dronlari

Yuqoridagilar qatorida imzolangan eng muhim shartnomalardan biri bu Eronning “Sirang UAV” kompaniyasi bilan bo‘ldi. Kompaniya mamlakatga zamonaviy qishloq xo‘jaligi dronlarini yetkazib beradi va ularga xizmat ko‘rsatish uchun xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratadi. Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatida Malayziyaning “Meraque” kompaniyasi ko‘magida qishloq xo‘jaligi uchun dron va “aqlli” uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hozirdanoq ishlar olib borilmoqda. Agrodronlardan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlari samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirish imkonini beradi.