$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston armiyasi dronlar va sun’iy intellekt bilan kuchaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-fevral kuni Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Harbiy xavfsizlik va mudofaani mustahkamlash – asosiy maqsad

Yig‘ilishda Xavfsizlik kengashi a’zolari, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okrug qo‘mondonlari hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ishtirok etdi.

Majlis avvalida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rib chiqildi.

Asosiy e’tibor qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, ichki va tashqi xavflarni bartaraf etish uchun yangi jangovar bo‘linmalar tuzish, mudofaa sanoatini rivojlantirish va qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, harbiy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish masalalariga qaratildi.

Dronlar va sun’iy intellekt bilan ishlovchi kiberbo‘linmalar

Jahon tajribasi va tahlillar asosida, zamonaviy harbiy mojarolarda qo‘llanilayotgan dronlar, raketa va robotlashtirilgan texnologiyalardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. Shu bois dronlar va ularga qarshi kurashish bo‘linmalari tashkil etiladi. Sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kiberinfratuzilmalar yaratiladi. Robotlashtirilgan texnikalar va havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari shakllantiriladi.

Qurolli Kuchlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etiladi

Prezident Mirziyoyev armiyani modernizatsiya qilish jarayonida qurolli kuchlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga o‘tkazish va jangovar tayyorgarlikni takomillashtirish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sport sohasi rivojiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat