$
 12929.92
-20.11
 13496.25
-9.34
 146.25
3.72
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

Poytaxt drenaj tizimini yaxshilash uchun 11,4 mlrd. so‘m ajratildi

Drenaj tizimi

Kecha, 21-fevral kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi mahalliy byudjet mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Mahalliy byudjet qoldiq mablag‘larining taqsimlanishi 

Qarorga muvofiq, mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan turli xarajatlar uchun 17 mlrd. 856 mln. so‘m ajratilgan. Unda qayd etilishicha, kurash federatsiyasi xodimlari ish haqi va ularni saqlash xarajatlari uchun 2 mlrd 358 mln. so‘m, xalqaro kurash instituti xodimlari ish haqi uchun 1 mlrd. 650 mln. so‘m, kurash federatsiyasi Toshkent shahar bo‘linmasiga 1 mlrd. 188 mln. so‘m beriladi. 

Drenaj tizimini yaxshilash

Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 11 mlrd. 400 mln. so‘m berilishi ko‘zda tutilgan. Bundan avval, 2024-yilning oktyabr oyida ham Toshkent shahar mahalliy byudjetining III chorak yakunlari bo‘yicha yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 6 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Теги :
Jamiyat