$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Toshkentdagi savdo markazlarida dovuchchaning kilogrammi 2 100 000 so‘mni tashkil qilmoqda

Dovcha

Toshkentdagi savdo markazlarining savdo rastalarida dovuchcha paydo bo‘la boshladi. Uning narxi rekord darajada — bir kilogrammi 2 100 000 so‘mdan sotilmoqda.

Narx-navo “osmonda”

Shunday qilib, joriy yilda mazkur xom meva o‘riklar g‘arq pishish mavsumidan ikki oy oldin bozorlarda paydo bo‘ldi. Narxi qimmat bo‘lishiga qaramay, dovchaning toshkentliklar orasidagi xaridorlari talay. Biroq, har kishi ham bir kilogramm yashil o‘rik uchun bunday summani to‘lashga qodir emasligi ham tayin. Bundan avvalroq ham tarmoqlarda Toshkentdagi “Farhod” dehqon bozorida 1 kilo dovuchcha 800 ming so‘mdan sotilayotgani aytilayotgan edi. Ularda aytilishicha, Alohida idishlarga qadoqlangan 90 grammli dovuchcha 70 ming so‘mdan xaridorlarga taklif etilmoqda.

O‘tgan yillardagi narx-navo qanday bo‘lgan?

O‘tgan 2024-yilda ham poytaxt savdo rastalarida bir kilogramm dovuchcha 1 million so‘mdan sotila boshlangan edi. Solishtirish uchun, bundan avvalgi yillarda narx quyidagicha bo'lgan:

  • 2022-yil 6-martda 100 gramm uchun 9 990 so‘m narxda, bu 1 kg uchun 99 900 so‘m;
  • 2021-yil 9-10-mart kunlari 100 gramm uchun o‘rtacha 7500 so‘m narxda, ya’ni, 1 kg uchun 75 000 so‘m;
  • 2020-yil 11-mart kuni 100 gramm uchun 9 599 so‘m narxda, ya’ni, 1 kg uchun 95 990 so‘mda sotilgan.
Теги :
Jamiyat