Hujjatlarsiz dorilar ombori topildi
Namangan viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tegishli hujjatlarsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanayotgani aniqlangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Tezkor tadbir
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olish maqsadida tezkor tadbir amalga oshirildi.
1.2 mlrd. so‘mlik dori vositalari
Tezkor tadbirda fuqaro N.P. Namangan shahridagi "Lola" hamda "Ozod" MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Jinoyat ishi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi, ya’ni sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



