$
 12081.63
-20.76
 13837.09
-153.27
 150.44
-2.64
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda 2000 ga yaqin dori vositalari narxi keskin pasaydi

dori-darmon

2026-yilning 1-martidan boshlab 2000 ga yaqin nomdagi retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarining chakana narxlari arzonlashdi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda. Endilikda iste’molchilar dori-darmonlarni ortiqcha to‘lovlarsiz, belgilangan referent narxlarda xarid qilishlari mumkin.

Narxlarni onlayn tekshiring

Xaridorlar preparatning rasmiy narxini oldindan pharm.gov.uz sayti yoki PharmUz mobil ilovasi orqali bilib olishlari mumkin. Mazkur platformalarda dorining nomi, ishlab chiqaruvchisi va qayd etilgan referent narxi haqidagi ma’lumotlar ochiq taqdim etilgan.

Qimmat sotilgan dorilar bo‘yicha shikoyatlar ko‘rib chiqiladi

Agar dori vositasi belgilangan narxdan qimmatroq sotilayotgan bo‘lsa, fuqarolar PharmUz ilovasi orqali shikoyat qoldirishlari mumkin. Qonunbuzarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi — jarimadan tortib, dorixona litsenziyasini bekor qilishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanilishi belgilangan.

Dorixonalar nazorat ostida: Sirli xaridorlar narxni kuzatib boradi

Dorixonalarda narx-navo tartibga rioya qilinayotganini tekshirish uchun “sirli xaridor” usulidan foydalaniladi. Bu usul dori vositalarining belgilangan tariflar bo‘yicha sotilishini kafolatlashga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat