$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Qariyb 5 ming xil dori faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqariladi

Dorilar

Bugungi kunda O‘zbekistonda elektron reyestrga kiritilgan dorilar soni 11 825 tani tashkil qiladi. Bu dorilarning 4 226 tasi mahalliy, 7 599 tasi xorijiy dori vositalari hisoblanadi. Referent mamlakatlar ichida bu ro‘yixat bo‘yicha O‘zbekiston faqatgina Misrdan ortda qolgan.

Import yuqori bo‘lgan TOP-10 davlat

O‘zbekiston dori import qiluvchi asosiy asosiy mamlakat Hindiston hisoblanadi. Mamlakat Hindistondan jami hisobda 2 793 turdagi dorilarni import qiladi. Ikkinchi o‘rinni esa Rossiya egallagan. Rossiyadan import qilinuvchi dorilar turlari 647 tani tashkil qiladi. Ushbu raqamlar Hindistondan keskin farq qilsa ham, importiyorlar orasida Rossiya ikkinchi eng yirik mamlakat hisoblanadi. Uchinchi o‘rinni esa 627 turdagi dori vositalari bilan Ukraina egallagan.

Qolgan TOP-10 mamlakatlar ulushi:

  • Turkiya – 493 ta
  • Xitoy – 380 ta
  • Pokiston – 243 ta
  • Germaniya – 219 ta
  • Belarus – 196 ta
  • Vengriya – 134 ta
  • Sloveniya – 128 ta

Referent mamlakatlar

Referent mamlakatlar haqida so‘z yuritishdan oldin referent mamlakat o‘zi nimaligini tushunib olsak. “Referent mamlakat” (yoki “referent country”) — bu ma’lum bir tadqiqot yoki solishtirishda asos sifatida ishlatiladigan mamlakatdir. Masalan, xalqaro munosabatlar yoki iqtisodiy tadqiqotlarda bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan taqqoslash uchun referent mamlakat sifatida tanlanadi. Bu mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan o'ziga xos ko‘rsatkichlar yoki xususiyatlar bilan tanilgan bo'lishi mumkin.

O‘zbekistonga referent qilib olingan mamlakatlar orasida dorilarni eng ko‘p reyestrga kiritgan mamlakat Misr hisoblanadi. Mazkur mamlakatda 12 340 ta dori vositalari elektron reyestga kiritilgan bo‘lib, Misr reyestridagi dorilarning atigi 177 tasi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan. Undan keying o‘rinlarda Turkiya va Rossiya turadi. Turkiyada 10 691 ta, Rossiyada 9 112 ta dori vositalari mamalaktlarning elektron reyestriga kiritilgan.

Ushbu statistikaga qaramasdan referent mamalaktlarning reyesteri orasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dorilar ulushi eng ko‘p davlat Qozog‘iston bo‘lib qolmoqda. Unga ko‘ra, Qozog‘iston reyestridagi 1 422 turdagi dori O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan. TOP-3 mamlakatlarni Rossiya(853 ta) va Ukraina(489 ta) egallagan.

Qariyb 5 ming turdagi dori faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqariladi

O‘zbeksitonda ro‘yxatdan o‘tgan lekin referent mamlakatlarda ushramaydigan, ya’ni mavjud bo‘lmagan dori vositalari soni 4 971 tani tashkil qildi. Bu degani 5 mingga yaqin dori vositalari faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqariladi. PharmAgency rahbari Abdulla Azizov bu raqamlar bo‘yicha jiddiy xavotir bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bu raqamlar O‘zbekistondagi dori vositalarining sifatida tahdid soladi. Bu borada qayta ro‘yxatga olish va muammoni hal qilish uchun choralar amalga oshirilishi kerak.

Faqat O‘zekiston uchun dori ishlab chiqaruvchi TOP-10 mamlakatlar ulushi:

  • Hindiston – 2 483 ta
  • Xitoy – 267 ta
  • Ukraina – 310 ta
  • Turkiya – 304 ta
  • Rossiya – 258 ta
  • Pokiston – 232 ta
  • Gruziya – 118 ta
  • Belarus – 98 ta
  • Bangladesh – 58 ta
  • Koreya – 55 ta

Eng ko‘p nom bilan ro‘yxatdan o‘tgan TOP-10 dorilar

Quyida O‘zbekistonga import qilingan dori vositalari orasida eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan dori nomlari keltirilgan. Ma’lumotlar import qilingan dorilarning miqdori va narx ko‘rsatkichlari asosida taqdim etilgan.

Unga ko‘ra, eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgan dori bu – Levofloksatsin infuziya (100 ml). Ushbu dori O‘zbekistonda 82 marta ro‘yxatdan o‘tgan. Keyingi o‘rinlarda Tseftraksion kukun 1 000 mg (76 ta) va Tseftraksion + Sulbaktam kukun 1 000mg+500mg (64 ta) turibdi.

TOP-10:

  • Levofloksatsin infuziya (100 ml) – 82 dona (1,1 - 17,51 $)
  • Tseftraksion kukun (1000 mg) – 76 dona (0,22 - 4,5 $)
  • Tseftraksion + Sulbaktam kukun (1000 mg + 500 mg) – 64 dona (1 - 8,5 $)
  • Azitromitsin 500 mg tab №3 – 37 dona (0,87 - 10,55 $)
  • Tsitikolinin 1000 mg/4 ml №5 – 35 dona (7,26 - 19,37 $)
  • Tsefoperazon + Sulbaktam kukun (1000 mg + 500 mg) – 35 dona (1 - 6,09 $)
  • Traneksam kislotasi 100 mg/ml 5 ml №5 – 25 dona (3,76 - 15 $)
  • Roxuvastatin tab 20 mg №30 – 25 dona (3,17 - 13,75 $)
  • Klopidogrel tab 75 mg №30 – 20 dona (3,17 - 13,75 $)
  • Temir III gidroksid sazaroza kompleks SML №5 – 19 dona (7 - 40,35 $)
Теги :
Jamiyat