$
 12073.29
21.58
 14158.35
149.44
 155.16
0.47
weather
+26
Кечаси   +14°

2026-yilda 6000 ta dorining narxlari pasaytiriladi

Dori

O‘zbekiston 2026-yilga kelib qariyb 6000 ta dori vositasining narxlarini pasaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda seshanba kuni prezidentga taqdimotdan so‘ng Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ma’lum qildi .

Referent narxlar

Uning so‘zlariga ko‘ra, dori vositalarini arzonlashtirish bo‘yicha ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri 25-dekabr kuni referent narxlarining qayta ko‘rib chiqilgani bo‘ldi. Bu narxlarni o‘rtacha 40−60% ga pasaytirish imkonini bergan.

“Biz oldimizga referent narxlarini pasaytirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Hozirda distribyutorlar uchun 2000 ta dorining [ulgurji] narxlari pasaytirildi, 1-martdan boshlab aholi uchun ham 2000 ta dori narxi pasaytiriladi”, — dedi Azizov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.

70 million dollar tejash

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, narxlarni qayta ko‘rib chiqish mamlakatga taxminan 70 mln dollar tejash imkonini berdi, ammo bu chora distribyutorlarning manfaatlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.

“Distribyutorlar ma’lum zararlarga duch keldi: dorilar yuqori narxlarda, oshirilgan soliqlar [va bojxona to‘lovlari] bilan sotib olindi va narxlar tushirilgandan so‘ng, ortiqcha to‘langan summalarni qaytarishga ehtiyoj paydo bo‘ldi”, — deb tushuntirdi Azizov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 20 mln dollar qaytarishni qo‘llab-quvvatlagan.

Azizovning ta’kidlashicha, yangi tartib-qoidaga muvofiq narxlarni qayta ko‘rib chiqish davom etadi.

Qayd etish joizki, hozirda O‘zbekistonda 11 900 dan ortiq retseptli dorilar mavjud bo‘lib, ulardan 7600 tasi import qilinadi.

Теги :
Jamiyat