$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar dori-darmon uchun qancha pul sarflaydi?

Дори dori

O‘zbekistonda dori-darmon eng ko‘p sotiladigan mahsulotlardan biri. Soliq qo‘mitasining fiskal cheklar tahlili bo‘yicha taqdim qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar 2024-yilda dori vositalariga jami 19,7 trln. so‘mdan ortiq pul sarflagan. Shundan 15,7 trln. so‘mdan ko‘prog‘i import preparatlar, 4 trln. so‘m mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Hududlar kesimida 

Aholi jon boshiga nisbatan to‘g‘ri keladigan eng yuqori xarajatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:

  • Toshkent shahrida – 1,7 mln. so‘m;
  • Buxoro viloyatida – 746 ming so‘m;
  • Samarqand viloyatida – 660,7 ming so‘m.

Eng kam xarajatlar:

  • Qashqadaryo viloyatida – 308,9 ming so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 302,3 ming so‘m;
  • Surxondaryo viloyatida – 289,5 ming so‘m.

Umuman o‘tgan yilda dori vositalari uchun eng katta xarajatlar Toshkent shahri (5 trln. so‘m), Samarqand (2,6 trln. so‘m) va Farg‘ona viloyatida (1,5 trln. so‘m) qayd etilgan.

Qaysi kasalliklar uchun?

Eng ko‘p mablag‘ quyidagi kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalariga sarflangan:

  • yurak-qon tomir kasalliklari;
  • infeksion kasalliklar;
  • og‘riq qoldiruvchi vositalar;
  • asab tizimi kasalliklari;
  • oshqozon-ichak kasalliklari.

Dori vositalari importi

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonga 1 mlrd 744,7 mln. dollar farmatsevtika va tibbiyot buyumlari import qilingan. Shundan 1,5 mlrd. dollarlik mahsulotlar aynan chakana savdo uchun olib kirilgan dori vositalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda 0,5 mlrd. dollarlik go‘sht mahsulotlari, 258 mln. dollarlik un va un mahsulotlari, 373 mln. dollarlik o‘simlik yog‘lari import qilingan. Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining importi esa 3 mlrd. 917 mln. dollarni tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat