$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng faol donorlar – shifokorlar

Donor

Donorlarga bo‘lgan talab doimgidan ham yuqori. Qon topshirishning foydali tomonlarini bilganlar esa yiliga bir yoki ikki marotaba qon topshirishadi. Lekin bu minglab qon preparatlariga ehtiyojmand bo‘lgan bemorlar uchun yetarli emas. Bu safar shifokorlar donor bo‘lishdi.

Donorlik aksiyalari

Donorlarga talab tinimsiz ortib bormoqda. Bunday ezgu ishga targ‘ib etuvchi aksiyalar o‘tkazilishi esa ajoyib.

Ana shunday aksiyalardan biri poytaxtdagi Ibn Sino nomidagi 1-shahar klinikasida bo‘lib o‘tdi. Bu tashabbusni esa aynan tibbiyot xodimlarining o‘zlari qo‘llab-quvvatladilar.

Insonlar hayoti saqlab qolish imkoniyati

Siz bir kunda yaqinlaringizga va do‘stlaringizga, balkim biror sizga notanish bo‘lgan odamga ham yaxshilik qilarsiz, ammo donorlar o‘zlari balki hechqachon ko‘rmagan, hayot uchun kurashayotgan insonlar uchun o‘z qonlarini berishmoqda.

Toshkent shahar 1-sonli klinikasi shifokorlari ham o‘z qonlarini bergan holda, bemorlarining kasallikdan tuzalishiga yordam, yana kimningdir esa hayotini ham saqlab qolishmoqda.

Ish faoliyatida ham qon bergan shifokorlar

Yo‘l transport hodisasida jarohatlanganlar, anemiya, leykoz va shu kabi qon preparatlariga doimiy muhtoj bemorlar qatorida turli jarrohlik amaliyotlari sabab qon mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori.

Aksiyada qatnashayotgan shifokorlardan biri esa, bundan avval ham operatsiyalar jarayonida zarurat tufayli bemorga qon bergan holatlari ham bo‘lganligini aytgan.

Shunday qon amaliyotlari tufayli tuzalib ketgan bemorlar esa shifokorlardan juda ham minnatdor.

Теги :
Жамият