$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar nima uchun pullarini dollarda yigʻishdan voz kechyapti?

dollar

O‘zbekistonda dollarlashuvning tabiiy darajasi keyingi besh yilda barqaror ravishda tushib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan tadqiqotda keltirilgan

Milliy valyutaga ishonch ortyapti

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda milliy valyutaga ishonch oshishi natijasida aholi va biznesning dollarda omonat saqlash ehtiyoji sezilarli darajada pasaygan.

MVP (Minimum variance portfolio) modeli asosida hisoblanganda, 2020-yil boshida 24,5 foizni tashkil etgan tabiiy dollarlashuv darajasi 2025-yil oktyabriga kelib 17,8 foizgacha kamaygan. Uchinchi yillik siljish davri bo‘yicha aniqlangan uzoq muddatli tabiiy daraja esa 19,3 foizni tashkil etmoqda. Bu natijalar aholi va tadbirkorlarning milliy valyutadagi omonatlarga qaytib, dollarda jamg‘arishni qisqartirganini ko‘rsatadi.

Dollarlashuvni pasaytirgan asosiy omil

Tadqiqotda inflatsiya barqarorligi dollarlashuvni pasaytirgan asosiy omil sifatida qayd etilgan. Milliy valuta qadrini saqlab turish imkoniyati oshgani aholi ishonchini mustahkamlagan. O‘tgan yillardagi yuqori inflatsiya va doimiy qadrsizlanish tajribasi natijasida dollarlashuv yuqori bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi davrda valuta kursining nisbatan barqarorlashuvi bu tendensiyani o‘zgartirgan.

Shu bilan birga, almashuv kursi tebranuvchanligi oshgan bo‘lsa-da, 2025-yilda narxlarning keskin o‘sishi kuzatilmagani aholiga milliy valyutada omonat saqlashda qo‘shimcha ishonch bergan. Talab qilib olingunicha depozitlarda dollarlashuv hali ham yuqori bo‘lib turganiga qaramay, muddatli depozitlarda vaziyat keskin o‘zgargan: 2019-yilda 48,2 foizni tashkil etgan yuridik shaxslar omonatlaridagi dollar ulushi 2025-yil noyabriga kelib 20,5 foizgacha tushgan. Jismoniy shaxslarda esa ushbu ko‘rsatkich 32,6 foizdan 22,5 foizga pasaygan.

Buning oqibati qanday boʻladi?

XVJning regional hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun 2019-yilda dollarlashuvning tabiiy darajasi 16,5 foiz deb baholangan. Joriy ko‘rsatkichlar ana shu moslashuv nuqtasiga yaqinlashib borayotgani aholi pul-kredit siyosatini barqaror qabul qilayotganidan dalolat beradi.

Markaziy bank xulosasiga ko‘ra, dollarda omonat saqlash ehtiyoji kamayishi makroiqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi, chunki depozitlar tarkibining milliy valyutaga yaqinlashishi monetar siyosat ta’sirini kuchaytiradi.

Теги :
Jamiyat