$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Ko‘plab davlatlar “eski” 100 dollarlikdan kechmoqda, O‘zbekiston-chi?

Dollar

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda banklarda eski namunadagi 100 dollarlik banknotlar qabul qilinmayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu tasdiqlanmagan xabarlardan keyin Markaziy bank izoh berdi.

Hech qanday muammo yo‘q

Unga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida 2009-yilgacha muomalaga chiqarilgan eski namunadagi 100 dollarlik banknotlarni sotish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalar muammosiz amalga oshirilmoqda. Birorta davlat hisob-kitoblarida eski namunadagi 100 AQSh dollari nominalidagi banknotlarning qonuniy to‘lov vositasi sifatidagi maqomi o‘zgarmagan.

“Markaziy bank aholi va tadbirkorlik subyektlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirib, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etadi”, — deyiladi xabarda.

Qiyinchilikka duch kelsa nima qilish kerak?

Regulyator fuqarolarga banklarning ayirboshlash shoxobchalarida eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni almashtirishda qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda, MBning ishonch telefoni (71−200−00−44) yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishni tavsiya qildi.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish faqat mahalliy banklar orqali amalga oshiriladi.

Turk banklaridagi cheklov

Noyabr oyi boshlarida Turkiyaning ko‘plab banklari eski namunadagi 50 va 100 dollarlik banknotlarni qabul qilishni to‘xtatgan edi. Bunga sabab mamlakatga umumiy qiymati 600 million dollarlik qalbaki kupyuralar olib kirilgani bo‘lgan. Shunga qaramay, Istanbulning bir qator tumanlaridagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari eski namunadagi dollarlarni faqat arzonlashtirilgan kursda qabul qildi.

Qozog‘istonda foiz ushlanmoqda

Shuningdek, yaqinda qozog‘istonliklar banklarda eski namunadagi dollar kupyuralarini komissiya evaziga qabul qilina boshlaganidan shikoyat qilishgan.

Freedom bank filialidagi e’longa ko‘ra, 2024-yil 26-noyabrdan boshlab 1996-2013-yillarda chiqarilgan eski namunadagi AQSH dollar kupyuralari bilan amalga oshiriladigan barcha kassa operatsiyalariga 2 foiz miqdorida komissiya joriy etilishi belgilangan.

Qirg‘iz banklari norasmiy tarzda qabul qilishni to‘xtatdi

Qirg‘izistonda ham fuqarolar eski namunadagi dollarlarni almashtirishdagi qiyinchiliklar haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, banklar oq dollarlarni ya’ni eski na’munadagi 100 dollalik banknotlarni norasmiy tarzda rad etmoqda. Qirg‘izistonliklarda valyuta ayriboshlashda ham, deposit qo‘yayotganda ham muammolar yuzaga kelmoqda.

“Oq” va “ko‘k” dollarlar

RBK”ning yozishicha, Amerika valyutasini “oq” va “ko‘k”ka bo‘lish mumkin. 1996-yildan 2000-yillarning boshlarida chiqarilgan birinchi banknotalar, ya’ni eskilari nisbatan yorqin soyasi bilan ajralib turadi. Ikkinchisi 2004-yildan beri ishlab chiqariladi va ularning dizaynida qizil, to‘q sariq, sariq, ko‘k va binafsha ranglardan foydalaniladi. Turli nominaldagi banknotlar bir necha bor yangilangan. Misol uchun, yangi 100 dollarlik banknot markazida ko‘k rangli himoya chizig‘iga ega. U 2009-yilda muomalaga kiritilgan.

Теги :
Jamiyat