$
 12620.01
-42.0
 13522.34
-71.59
 135.74
-1.91
weather
+26
Кечаси   +14°

Dok 1 Maks ishida hamon "notinchlik"

Dok1

2024-yilning 26-fevral kuni O‘zbekistonda 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan "Dok 1 Maks" ishi bo‘yicha sudning yakuniy hukmi e’lon qilingan edi. Ammo bu yakun bo‘lmagan ekan. Jazolanganlardan 7 nafari hukmdan norozi.

"Ambronol" sababli buyragidan ayrilgan bolakay

1510 varaq ayblov xulosasi orasida Jizzaxlik Dilshod Tursunboyev o‘g‘liga tegishli qism ham mavjud bo‘lib, bola "Ambronol" siropi tufayli sog‘ligidan ayrilgan edi. Bu dori vositasini qabul qilgach bolaning buyragi ishlamay qolgan va natijada sog‘lom bola endi "nogiron" degan so‘zga duch keldi. Bosh qismidan 2 marta operatsiya, 53 kunlik koma vaqtini boshdan kechirgan jabrdiyda go‘dakning otasi endilikda bolasining sog‘ligi o‘rnini hechnarsa to‘ldira olmasligi va aybdorlar jazolanishini so‘ragan. Bunday holat esa, afsuski, bitta emas.

Poytaxt sudida yana "Dok 1 maks" ishi

Jazolanganlarning 7 nafari dasatlabki hukmdan norozi bo‘lib, apelatsiya kiritgan. Sud 2024-yil 5-aprel kuni ularning shikoyatini ko‘rib chiqish bo‘yicha ish boshlab 15-aprelga qadar tanaffus e’lon qilgan edi, navbatdagi sud jarayoni esa davom etmoqda.

Ulardan, 20 yillik muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan Hindistonlik tadbirkor, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan farmatsevtika agentligining sobiq rahbari va 16 yilga qamalgan o‘rinbosarlari ularni qamashga aslida dalillar yetarli emasligini va ayblovlar asossiz ekanligini aytib, oqlov so‘rashgan.

Hindistonlik tadbirkorning vaji

Hindistonlik tadbirkor, Sinx Ranverning ayblovida qasdning o‘zi bo‘lmaganligi, unda maqsad va motiv bo‘lmagani hamda u jinoyat sodir qilmaganligini aytgan. 

"Dok 1 maks" tarkibida aniqlangan etilenglekol moddasi, "Dok 1 maks" va bolalar o‘limi o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ham tergov organi tomonidan o‘z tasdig‘ini topmagan ekanligini va boshqa vajlarni bayon qilib, sud hukmini bekor qilishni hamda unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishini so‘ragan.

Sobiq rahbarning keltirgan sabablari

Sardor Kariyevga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmida qonun talablariga rioya qilinmaganligi, uni oqlovchi dalillar to‘liq tekshirilmaganligi, ishdagi holatlarga to‘g‘ri huquqiy baho berilmaganligini, sudlanuvchi va guvohlarning gaplari bir-biriga mos bo‘lmaganligi aytilgan.

Bundan tashqari, Kaiyevni "Dok maks 1" tarkibidagi yod moddalar bo‘lganini bilgani va Sinx Ranver bilan jinoiy til biriktirganligi haqidagi dalillar aniqlanmaganligini, sud hukmi asossiz ekanligi aytilib, Kariyev ishtirokida ish qayta ko‘rilishini so‘raganlar. 

Davomiy ishdagi asl chigallik nimada?!

E’tibor qilgan bo‘lsangiz ayblanuvchilarning keltirgan vajlarida kamdan-kam asos mavjud bo‘lib, yana ularning sabablari biri ikkinchisinikini rad etadi.

Ya’ni, Hindistonlik tadbirkor o‘zining absiz ekanligini, uni ayblashga yetarli sabab yo‘q ekanligini aytsa, ikkinchisi bo‘lsa Sinxning jinoyatlariga o‘zining aloqasi yo‘q ekanligi, dori vositasi tarkibidagi buzilish unga qorong‘i bo‘lganligini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Sud ishi bo‘lsa, advokat Davron Ahmadov jarayonga yetib kelmaganligi sababli keyinga qoldirildi. Bu daxshatli ishdagi jarayonlar yana davom etadi.

Теги :
Жамият