$
 12774.34
-10.63
 13848.66
17.88
 132.17
0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning atigi 2 nafarini yoshlar tashkil etdi

deputat

Bugun Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Saylov kodeksiga muvofiq, parlament saylovi yakunlari ko‘rib chiqildi. Qonunchilik palatasiga saylangan jami 150 nafar deputat ro‘yxatga olindi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Muxtabar Husanova ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusida deputatlarning sifat tarkibi xususida ma’lumot berdi.

Asosan 45 yoshdan 60 yoshgacha

Qonunchilik palatasiga yangidan saylangan deputatlarning 2 nafari — 30 yoshgacha, 38,6 foizi — 30 yoshdan 45 yoshgacha, 46,6 foizi — 45 yoshdan 60 yoshgacha, 13,3 foizi — 60 yoshdan kattalarni tashkil etadi. Saylangan deputatlarning 38 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani mamlakatimiz parlamenti tarixida eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

Qaysi millat vakillari bor?

Mamlakatimizda yashayotgan boshqa millat vakillari saylangan deputatlarning 12,7 foizini tashkil qiladi. Shu jumladan, ulardan 5 nafari rus, 3 nafardan qozoq va tojik, 2 nafari koreys, 1 nafardan turkman va qirg‘iz millatiga mansub. 

Barchasi oliy ma’lumotli 

Deputatlarning barchasi oliy ma’lumotli bo‘lib, ularning 30 foizi — iqtisodchilar, 22 foizi — huquqshunoslar, 18,7 foizi — pedagoglar, 12 foizi — muhandislar, 9,3 foizi — tibbiyot sohasi vakillari, 8 foizi esa madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlardan iborat. 

Deputatlarning 35 foizi ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilk bor 3 nafar nogironligi bor shaxslar deputat etib saylangani bu toifa fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini parlamentda yanada kuchli himoya qilish imkoniyatini kengaytiradi.

Теги :
Жамият