$
 12073.42
-72.23
 14134.35
-134.36
 164.47
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Roosiya deportatsiya uchun 58 huquqbuzarlik turini belgiladi

deport

Rossiya Davlat Dumasi xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mamlakatdan chiqarib yuborishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Unga ko‘ra, ruxsat etilmagan mitinglarda qatnashgan hamda Rossiya armiyasini obro‘sizlantirgan xorijliklar deportatsiya qilinadi.

Rossiya hukumati ushbu qonun loyihasini mart oyida taklif qilgan edi. Deputatlar uni 13-may kuni ma’qulladi.

Deportatsiya uchun 58 ta sabab

Yangi qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 58 ta yangi huquqbuzarlik turi kiritilmoqda. Endilikda quyidagi holatlar uchun xorijliklar Rossiyadan haydab yuborilishi mumkin:

  • Rossiya va uning fuqarolariga qarshi sanksiya chaqiriqlari;
  • Rossiya hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan ochiq chaqiriqlar;
  • favqulodda holat, antiterror operatsiyasi yoki harbiy holat qoidalarini buzish;
  • belgilanmagan joylarda o‘q otish;
  • huquq-tartibot idoralari xodimlariga bo‘ysunmaslik;
  • ekstremizm va buzg‘unchi axborot bilan bog‘liq huquqbuzarliklar;
  • natsistik ramzlarni targ‘ib qilish;
  • adovat qo‘zg‘atish;
  • va OAV orqali xavfli ma’lumotlarni tarqatish.

Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ushbu choralarni “migratsiya sohasida tartib o‘rnatish” bilan izohladi. Qonun loyihasi hali yana ikki marta o‘qishda ko‘rib chiqiladi.

Теги :
Jamiyat