$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda O‘zbekistonda so‘nggi 10 yillikdagi eng ko‘p o‘lim qayd etilgan

O‘lim

O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi statistika agentligi 2024-yilning 1-yarim yilligi uchun mamlakatning demografik holatini e’lon qildi. Unda erkaklar o‘limi ayollar o‘limiga qaraganda ko‘proq kuzatilgan

Ayollar o‘limi erkaklarnikiga qaraganda kamroq

Ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilda vafot etganlar soni boshqa yillarga nisbatan ko‘paygan - 81.4 ming nafarni tashkil etadi. Bundan erkaklar - 44.4 ming (54.5 foiz), ayollar esa - 37 ming kishini (45.5 foiz) tashkil etadi. Shahar joylardagi o‘limlar - 46 ming kishini, qishloqlarda esa 35.4 ming kishini qamrab olmoqda. Oylar kesimida eng ko‘p o‘limlar fevral oyiga to‘g‘ri kelmoqda - erkaklarda - 8 335 ta, ayollarda - 7 042 ta o‘lim qayd etilgan.

Vafot etganlarning asosiy o‘lim sabablari

2024-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 58.4 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9.4 foizi - o‘simtalardan, 6.6 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 5.3 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,1 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 1,1 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 15,1 foizi esa boshqa kasalliklardan vafot etmoqda. 

Eng ko‘p o‘lim - Samarqandda

O‘limlarning ulushi eng ko‘p bo‘lgan hududlar Samarqand - 10.9 foiz, Farg‘ona - 10.4 foiz, Toshkent shahri - 9.7 foiz, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida - 9.3 va 9.1 foizga teng bo‘lgan. Ulushi eng kam bo‘lgan viloyatlar esa Sirdaryo va Navoiy viloyatlariga - 2.5 va 2.8 foiz bilan to‘g‘ri kelmoqda. Hududlar bo‘yicha vafot etish koeffitsiyenti eng yuqori Toshkent shahrida 5.2 promayl (promayl - har ming kishiga hisoblaganda), Toshkent viloyatida 5 promayl, eng kam ko‘rsatkich esa Jizzax viloyatida 3.9 promaylni tashki etgan.