O‘zbekiston Xitoy bilan tenglashdi
Demokratiya indeksida O‘zbekiston Xitoy bilan birgalikda 148-o‘rinni egalladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning “The Economist Intelligence Unit” tadqiqot tashkiloti tomonidan har yili tuziladigan “Demokratiya indeksi"ning 2023-yilgi natijalari e’lon qilindi.
O‘zbekiston o’zining natijasini yaxshilagan
O‘zbekiston bu reytingda 167 ta davlat ichidan 148-o‘rinni egalladi. Xuddi shu o‘rinda dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Xitoy ham turibdi. Unda O‘zbekiston o‘zining natijasini bir pog‘onaga, Xitoy esa 8 pog‘onaga ko‘targan.
Baholashda nimalarga e’tibor beriladi?
Ushbu tashkilot “Demokratiya indeksi"ni 2006-yildan beri e’lon qilib keladi. Bunda davlatlarga beshta toifa, saylov jarayoni sifati, hukumat faoliyati, siyosiy ishtirok, siyosiy madaniyat, fuqarolik erkinligi bo‘yicha ball beriladi. Ballar asosida har biri tuzum turi bo‘yicha tasniflanadi: to‘la demokratiya, nomukammal demokratiya, gibrid tuzum va avtokratiya.
O‘zbekistoning ballari qanday?
Unga ko’ra, Tadqiqotchilar O‘zbekistondagi demokratiya bilan bog‘liq vaziyatni 10 balldan 2,12 ball sifatida baholamoqda. Bunda toifalarga quyidagicha ball berilgan:
saylov jarayoni sifati va plyuralizm — 0,08 ball;
hukumat faoliyati — 1,86 ball;
siyosiy ishtirok — 2,78 ball;
siyosiy madaniyat — 5 ball;
fuqarolik erkinliklari — 0,88 ball.
4 yildan buyon bir xil ko’rsatkich
Mazkur indeksda O‘zbekistonda 4 yildan buyon, 2020, 2021 va 2022 yillarda ham xuddi shunday ko‘satkichlar qayd etilmoqda.
Qo‘shni davlatlar o‘rni
Indeksga qaraydigan bo‘lsak, qo‘shni respublikalar orasida Qirg‘iziston va Qozog‘iston O‘zbekistondan yuqorida turibdi. Bunda Qirg‘iziston 109-o‘rinni, Qozog‘iston esa 120-o‘rinni egallagan. Qolgan chegaradosh 3 mamlakat esa reytingda O‘zbekistondan pastda turibdi. Unga ko’ra, Tojikiston 155-o‘rinda, Turkmaniston reyting yakuniga yaqinroq — 162-o‘rinda, Afg‘oniston esa indeksning eng quyida, 167-o‘rinda.
Turlar bo‘yicha taqsimlov
Markaziy Osiyodagi bizga chegaradosh barcha davlatlar ushbu indeksda “avtoritar rejim”da joylashgan. Qirg‘iziston ushbu reytingda yuqoriroq pog‘onada bo‘lsa ham, “avtoritar”dan chiqa olmagan. Ma’lumot uchun, “Avtoritar rejim” 4 balldan past bo‘lgan davlatlar uchun belgilanadi.
“Qozog‘iston va O‘zbekistondagi siyosiy islohot jarayonlari 2023-yilda kam natija berdi. Yil davomida konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha referendumlar, parlament va prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Qozog‘istonda bir qancha yangi partiyalar paydo bo‘ldi, ammo ularning hukumatdan mustaqilligi shubhali; saylovlar erkin va adolatli emasligicha qolmoqda”, — deyiladi hisobotda.
Ilova: Saytning ichki qismidagi kirill yozuviga asoslangan rukn va ma’lumotlar tez kunda yangilanadi.



