$
 11937.60
-37.19
 13961.02
-47.09
 159.47
-0.17
weather
+26
Кечаси   +14°

1 mln soʻmdan 152 mln soʻmgacha: Oʻzbekistonda xonandalar yiliga qancha daromad topadi?

Pul

2025-yil boshidan joriy yil 1-mayigacha Oʻzbekistonda 1 100 nafar litsenziyali xonanda daromadlar deklaratsiyasini taqdim etdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Daromadlar

Mazkur davrda sanʼatkorlar yillik deklaratsiya asosida jami 6 mlrd 478 mln soʻm daromad koʻrsatgan. Shundan soliqqa tortiladigan qismi 5,1 mlrd soʻm boʻlib, jami 599,7 mln soʻm daromad soligʻi hisoblangan.

Xonandalar kiritgan daromad qiymatiga qarab uchta reyting guruhiga boʻlingan. Birinchi guruhda 47 kishi umumiy 1,5 mlrd soʻm daromad koʻrsatgan. Shuning soliqqa tortiladigan qismi 1,2 mlrd soʻm boʻlib, 140,8 mln soʻm daromad soligʻi belgilangan.

Ikkinchi reytingdagi 100 nafar sanʼatkor 901,4 mln soʻm daromad koʻrsatgan. Shundan soliqqa tortiladigan 699 mln soʻmdan 83,9 mln soʻm daromad soligʻi toʻlanishi kerak.

Uchinchi reyting guruhida 953 nafar ijodkor 4,1 mlrd soʻm daromad qayd etgan. Mablagʻlarning soliqqa tortiladigan qismi 3,2 mlrd soʻm boʻlib, jami 375,2 mln soʻm daromad soligʻi hisoblangan.

1 mln soʻmdan 152 mln soʻmgacha

Taqdim etilgan 1 100 ta yillik deklaratsiyaning 375 tasida daromad bir mln soʻmgacha koʻrsatilgan. Jami hisob esa 213,1 mln soʻmni tashkil etgan. Bunda oʻrtacha yillik soliq summasi 54,4 ming soʻmdan toʻgʻri kelgan.

Yana 576 ta deklaratsiyada 10 mln soʻmgacha daromad qayd etilgan va umumiy miqdor 2,55 mlrd soʻmga yetgan. Oʻrtacha yillik soliq 420,7 ming soʻmdan tushgan.

Ijodkorlar 102 ta deklaratsiyada yillik daromadini 20 mln soʻmgacha (jami 1,4 mlrd soʻm) koʻrsatgan. Bunda oʻrtacha yillik soliq summasi 1,3 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan.

Sanʼatkorlardan 28 nafari daromadini 40 mln soʻmgacha kiritgan. Bu miqdorgacha boʻlgan daromadlar jami 860,6 mln soʻm boʻlgan. Oʻrtacha yillik soliq summasi 2, mln soʻm ekani bildirilgan.

Deklaratsiyalarning 12 tasiga yiliga 60 mln soʻmgacha daromad topadiganlar toʻldirgan. Ular jami 655 mln soʻm daromad qilgan va oʻrtacha yillik soliq summasi 5 mln soʻmdan tushgan.

Jami 7 ta deklaratsiya toʻldirgan sanʼatkorlar yiliga 152 mln soʻmgacha daromad topganini koʻrsatgan. Bundaylar jami 782 mln soʻm tushum qilgani hisoblangan. Mazkur toifa yiliga oʻrtacha 10,7 mln soʻm soliq toʻlashi koʻrsatilgan.

Soliq qoʻmitasi deklaratsiya toʻldirgan xonandalar 2026-yil 1-iyungacha soliq toʻlashlari zarurligini maʼlum qilgan.

port qilgan davlat bo‘ldi

Теги :
Jamiyat