$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

1 yashar qizaloqning ayanchli o‘limi

d 5 4

Kuni kecha Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qolishi oqibatida u halok bo‘lgani haqqida xabar bergan edik. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Holat qanday bo‘lgan?

Unga ko‘ra, 55 yoshli enaga bolalar aravachasida 2023-yilda tug‘ilgan qizaloqni olib ketayotganida uni daraxt bosib qolgan. Qizcha hodisa joyida vafot etgan. Shundan so‘ng Bosh prokuratura tomonindan 1 yoshli qiz vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sabab ishchilarning xavfsizlik choralariga rioya qilmaganligi

Tekshirishda suv quvurlarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilganligi va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilganligi aniqlangan.

Shuningdek, Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov hodisa bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Aybsiz aybdorga aylanib qolgan enaganing holi

— Naqadar musibat... Endi ko‘zni quvnatib qadam tashlab qolgan farzandidan ayrilgan onaning, uni aravachada shu nuqtaga olib kelgan va aybsiz aybdorga aylanib qolgan enaganing holini tasavvur qilib bo‘lmas, – deb yozadi journalist Abror Zohidov. — O‘zi bugun ertalab ishga ketayotib “Kvartalimiz juda serdaraxtda” degan xayol kechgandi. “Skver”da bir daraxtning katta shoxi sinib tushib, oppoq “Spark”ni pachoqlabdi. Ishda o‘tirsam qizginaning ayanchli o‘limi xabari keldi.

“Qaytishda ko‘rib o‘tdim. Qurib bitayozgan ulkan daraxtni kesishga urinishgan, lekin ruxsat olisholmagan. Yana tagidagi quvur yorilgan, ustalar yonini kovlaganda atrofni to‘sishmagan. Ham ostidan suv sizib, ham yoni qazilgan daraxt og‘ib, qulab ketgan va go‘dak til tortmay o‘lgan. Daxshatli silsila xullas...

Daraxt ham vaqtida butalmasa, kesilmasa potensial xavfga aylanishiga misollar ko‘p. O‘zi bizda qurib-chirigan daraxtlarni kesish bo‘yicha qandaydir tizim, nazorat bormi?” – deydi u.

Теги :
Жамият