Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonda data-markaz tashkil etish masalasini ko’rib chiqmoqda
Ta’kidlanishicha, mamlakat Markaziy Osiyodagi eng investitsiyaviy jozibaga ega davlat.
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyadagi yirik kompaniyalardan biri O‘zbekistonda data-markaz loyihasini amalga oshirishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Lapwing” kompaniyasi bilan ushrashuv
Unga ko‘ra, O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning "Lapwing" kompaniyasi rahbari Dermot Mayers bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda tomonlar O'zbekistonda data-markaz tashkil etish bo'yicha sarmoyaviy loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qildilar.
Dermos Moyersning aytishicha, britaniya tomoni O'zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligidan kelib chiqib, ushbu g'oyani Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan respublikamizda amalga oshirishga qaror qilgan.
BAA kompaniyasi bilan hamkorlik rejasi
Ma’lum bo‘lishicha, Britaniyalik hamkorlar data-markazni Toshkent yoki Sirdaryo viloyatida BAAning “Gulf Data Hub” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
U nima beradi?
O'zbekiston hududida data-markaz tashkil etilsa, tijorat banklari, TMK va AKT kompaniyalari uchun “bulutli zaxirada” ma'lumotlarni saqlash imkoniyati paydo bo'ladi. Muloqot yakunida "Lapwing" kompaniyasi rahbari shu yilning 2-3-may kunlari bo'lib o'tadigan III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi.
“Lapwing” haqida
"Lapwing" kompaniyasi 2016-yilda tashkil etilgan. Uning London va Gonkongda ofislari mavjud. Kompaniya tashqi kapital, investitsiyalar va qayta moliyalashtirishni jalb qilish, moliyaviy holatni baholash, tahlil qilish va prognoz qilish, aktivlarni sotish va sotib yo'nalishlarda xizmatlarni taklif qiladi.



